Shaxmat: Abdusattorov va Sindorov xalqaro musobaqada navbatdagi ishonchli g‘alabaga erishdi

© MinsportaNodirbek Abdusattorov i Javoxir Sindarov
Nodirbek Abdusattorov i Javoxir Sindarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2023
Obuna bo‘lish
"Tata Steel Chess 2023" turnirining 7-turi doirasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar g‘alaba qozonib, mavqelarini mustahkamlab olishdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Niderlandiya mezbonlik qilayotgan "Tata Steel Chess-2023" shaxmat musobaqasida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Erigaisi Arjun ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
Bu bilan o‘zbekistonlik shaxmatchi "Master" guruhidagi peshqadamligini mustahkamladi. Endi uning hisobida 7 turdan so‘ng 5.5 ochko mavjud.
Shuningdek, "Chellenjer" guruhida qatnashayotgan Javohir Sindorov ham navbatdagi yutuqqa erishdi. Javohir mezbon Elin Robersni mag‘lub etib, ochkolarini 5 taga yetkazib oldi.
Abdusattorov musobaqa davomida vengriyalik Rixard Rapport, eronlik Parham Maqsudluni mag‘lub etib, amerikalik Fabiano Karuana va hindistonlik Dommarju Gukesh bilan durang o‘ynagan edi. Kuni kecha jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etgandi. Bundan tashqari, u hindistonlik Rameshbabu Pragnanandaa bilan durang qayd etgan.
"Masters" guruhida yana 6 ta tur o‘tkaziladi. Turnir 29-yanvargacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0