O‘zbekiston va Turkmaniston chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2023
Obuna bo‘lish
Qo‘shma hukumatlararo komissiya ishchi guruhlarining yig‘ilishi Buxoroda bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. 16-21 yanvar kunlari Buxoroda O‘zbekiston—Turkmaniston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Jumladan, davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishib olindi.
Yig‘ilishda, shuningdek, ishchi guruhlarning 2023-yilga mo‘ljallangan yig‘ilishlari taqvimi kelishib olindi.
Muzokaralar yakunida protokol imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0