https://oz.sputniknews.uz/20230122/kievga-qurol-yarog-etkazib-berish-global-halokatga-olib-keladi--volodin-31629535.html
Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish global halokatga olib keladi – Volodin
Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish global halokatga olib keladi – Volodin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasi raisi G‘arbni o‘z qarorlari oqibatidan ogohlantirdi. 22.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-22T14:03+0500
2023-01-22T14:03+0500
2023-01-22T14:03+0500
rossiya
vacheslav volodin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1c/30310142_0:116:2582:1568_1920x0_80_0_0_c36c4a86aefc33d8c4904d5e4cb23c6f.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. G‘arbning Kiyevga hujumkor qurol-yarog‘larni yetkazib berishi global halokatga va Rossiyaning yanada kuchli qurolni qo‘llab javob qaytarishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi.U AQSh Kongressi a’zolari, bundestag, Fransiya milliy yig‘ini va boshqa Yevropa parlamentlari deputatlari “insoniyat oldidagi javobgarliklarini anglashlari darkor” ekanini qayd etgan.“Rossiya qurolining texnologik ustunligini inobatga olib, bunday qarorlarni qabul qilayotgan xorijlik siyosatchilar tushunishlari zarur: bu ularning mamlakatlarini yo‘q qiluvchi dunyo miqyosidagi fojia bilan yakunlanishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya Davlat dumasi spikeri.Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlarning “yadroviy davlatlar ilgari mahalliy mojarolarda ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishmagani haqidagi argumentlari asossiz”.“Chunki bu davlatlar ular fuqarolari xavfsizligi va mamlakatlari hududiy yaxlitligi tahdidiga duch kelishmagandi”, - deya tushuntirgan Volodin.Rossiya G‘arb Ukrainaga jo‘natadigan har qanday qurol-yarog‘ni yo‘q qiladi – Antonov
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1c/30310142_121:0:2470:1762_1920x0_80_0_0_7ea8d1be56a870b0b22f5039d468a333.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vacheslav volodin
rossiya, vacheslav volodin
Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish global halokatga olib keladi – Volodin
Rossiya Davlat dumasi raisi G‘arbni o‘z qarorlari oqibatidan ogohlantirdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. G‘arbning Kiyevga hujumkor qurol-yarog‘larni yetkazib berishi global halokatga va Rossiyaning yanada kuchli qurolni qo‘llab javob qaytarishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
“Kiyev rejimiga hujumkor qurol-yarog‘ yetkazib berilishi halokatga olib keladi. Agar Vashington va NATO mamlakatlari ular tinch shaharlarga zarba berish va hududimizni egallab olishga urinish uchun foydalanadigan qurol-yarog‘ yetkazib berishsa, ular tahdid etayotgandek, - bu yanada kuchli quroldan foydalangan holda javob choralariga olib keladi”, - deya
yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
U AQSh Kongressi a’zolari, bundestag, Fransiya milliy yig‘ini va boshqa Yevropa parlamentlari deputatlari “insoniyat oldidagi javobgarliklarini anglashlari darkor” ekanini qayd etgan.
“Rossiya qurolining texnologik ustunligini inobatga olib, bunday qarorlarni qabul qilayotgan xorijlik siyosatchilar tushunishlari zarur: bu ularning mamlakatlarini yo‘q qiluvchi dunyo miqyosidagi fojia bilan yakunlanishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya Davlat dumasi spikeri.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlarning “yadroviy davlatlar ilgari mahalliy mojarolarda ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishmagani haqidagi argumentlari asossiz”.
“Chunki bu davlatlar ular fuqarolari xavfsizligi va mamlakatlari hududiy yaxlitligi tahdidiga duch kelishmagandi”, - deya tushuntirgan Volodin.