https://oz.sputniknews.uz/20230122/eron-ei-armiyalarini-terrorchilik-tashkilotlari-deb-tan-olishi-mumkin-31631030.html
Eron YeI armiyalarini terrorchilik tashkilotlari deb tan olishi mumkin
Eron YeI armiyalarini terrorchilik tashkilotlari deb tan olishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, bu Yevroparlamentning Eron Islom inqilobiy qo‘riqchilari korpusining terrorchilik tashkiloti deb topishga chaqirgan chaqirig‘iga javob bo‘ladi 22.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-22T16:18+0500
2023-01-22T16:18+0500
2023-01-22T16:18+0500
dunyoda
eron
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0c/28020364_0:96:3303:1954_1920x0_80_0_0_128e6a77fde72b027659863ced3aa2e9.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Eron parlamenti (Mejlis) Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar qurolli kuchlarini ekstremistik tuzilmalar ro‘yxatiga kiritishni rejalashtirmoqda. Bu Yevroparlamentning Eron Islom inqilobiy qo‘riqchilari korpusining (IIQK) terrorchilik tashkiloti deb tan olishga chaqirgan chaqirig‘iga javob bo‘ladi. Bu haqda Eron Islomiy Kengash majlisi raisi Muhammad Bagir Qolibof ma’lum qildi.“Mejlis IIQKning terrorchilik tashkilotlar ro‘yxatiga yoki sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga javoban har qanday chorani ko‘radi, va bu choralar tez va qat’iy bo‘ladi”, - dedi Qolibof. Uning so‘zlaridan “Mehr” nashri iqtibos keltirgan.18 yanvar kuni Yevropa parlamenti IIQKning terrorchilik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qabul qildi. Hujjat tavsiya xususiyati ega.Eron prezidenti Ibrohim Raisiy “bu xalqaro huquq meyorlari va BMT Nizomiga xilof ekanini” ma’lum qildi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Twitterʼdagi sahifasida Yevroparlament bu qarori bilan “o‘z oyog‘iga o‘q uzganini” yozdi va munosib javob qaytarilishiga va’da berdi.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0c/28020364_286:0:3017:2048_1920x0_80_0_0_822041cd088f30b64ce9e220383ff403.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, eron, yevropa ittifoqi
dunyoda, eron, yevropa ittifoqi
Eron YeI armiyalarini terrorchilik tashkilotlari deb tan olishi mumkin
Ta’kidlanishicha, bu Yevroparlamentning Eron Islom inqilobiy qo‘riqchilari korpusining terrorchilik tashkiloti deb topishga chaqirgan chaqirig‘iga javob bo‘ladi
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Eron parlamenti (Mejlis) Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar qurolli kuchlarini ekstremistik tuzilmalar ro‘yxatiga kiritishni rejalashtirmoqda. Bu Yevroparlamentning Eron Islom inqilobiy qo‘riqchilari korpusining (IIQK) terrorchilik tashkiloti deb tan olishga chaqirgan chaqirig‘iga javob bo‘ladi. Bu haqda Eron Islomiy Kengash majlisi raisi Muhammad Bagir Qolibof ma’lum qildi.
“Mejlis IIQKning terrorchilik tashkilotlar ro‘yxatiga yoki sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga javoban har qanday chorani ko‘radi, va bu choralar tez va qat’iy bo‘ladi”, - dedi Qolibof. Uning so‘zlaridan “
Mehr” nashri iqtibos keltirgan.
“Biz Yevropa mamlakatlari armiyalarini terrorchilik tashkilotlari deb tan olamiz va kun tartibiga ularga qarshi kurashish uchun zaruriy choralarni qabul qilish to‘g‘risidagi savolni olib chiqamiz”, - deya ta’kidladi u.
18 yanvar kuni Yevropa parlamenti IIQKning terrorchilik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qabul qildi. Hujjat tavsiya xususiyati ega.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy “bu xalqaro huquq meyorlari va BMT Nizomiga xilof ekanini” ma’lum qildi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Twitterʼdagi sahifasida Yevroparlament bu qarori bilan “o‘z oyog‘iga o‘q uzganini” yozdi va munosib javob qaytarilishiga va’da berdi.