Bayden uyidan yana oltita maxfiy hujjat topildi

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2023
Obuna bo‘lish
Hujjatlarning bir qismi Baydenning AQSh senatori, ikkinchi qismi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan davrga taalluqli.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. AQSh Adliya vazirligi xodimlari Amerika prezidenti Jo Baydenning v Uilmingtondagi (Delaver shtati) xususiy uyida tintuv o‘tkazishdi va yana oltita maxfiy hujjat topishdi. Bu haqda AQSh rahbari advokati Bob Baeur ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
Advokatning ta’kidlashicha, tintuv 12 soatdan ziyod davom etgan va binoning har bir xonasi ko‘zdan kechirilgan. Tintuvda prezident advokatlari va Oq uy vakillari ham qatnashishgan.
Tintuv yakuniga ko‘ra mamlakat Adliya vazirligi oltita maxfiy hujjatlarni olgan. Ular Baydenning AQSh senatori va vitse-prezidenti lavozimida ishlagan davrga taalluqli.

Mavzuga oid:

Bayden yordamchilari maxfiy hujjatlarning ikkinchi partiyasini topdi – OAV
Baydenning ofisidan topilgan maxfiy hujjatlar Ukrainaga tegishli
Baydenga aloqador tahlil markazidan maxfiy hujjatlar topildi – CBS
Yangiliklar lentasi
0