https://oz.sputniknews.uz/20230122/aholi-reestri-tizimi-ishlab-chiqiladi-31629978.html
“Aholi reyestri” tizimi ishlab chiqiladi
“Aholi reyestri” tizimi ishlab chiqiladi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari ma’lumotlar bazalarida shakllangan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazlashgan “Aholi reyestri”... 22.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-22T14:48+0500
2023-01-22T14:48+0500
2023-01-22T14:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28810199_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_49381b06824ae990b3eda8c7b0a8861a.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda “Aholining elektron davlat reyestri” axborot tizimi ishlab chiqiladi va joriy qilinadi. Bu Raqamli texnologiyalar vazirligi muhokamaga qo‘ygan tegishli hukumat qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.“Aholi reyestri” tizimidagi ma’lumotlar quyidagi tartibda shakllantiriladi:Bunda qo‘riqlanadigan shaxslarga oid ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash mas’ul vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.Tizim “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi mazkur tizimning egasi va operatori hisoblanadi.2023 yil 1-iyuldan boshlab doimiy ravishda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28810199_598:38:3072:1894_1920x0_80_0_0_85dbdbffb2d8b630f3cc5f4b01c67750.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
“Aholi reyestri” tizimi ishlab chiqiladi
Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari ma’lumotlar bazalarida shakllangan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazlashgan “Aholi reyestri” tizimida jamlanadi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda “Aholining elektron davlat reyestri” axborot tizimi ishlab chiqiladi va joriy qilinadi. Bu Raqamli texnologiyalar vazirligi muhokamaga qo‘ygan tegishli hukumat qarori loyihasida
ko‘zda tutilgan. “Aholi reyestri” tizimidagi ma’lumotlar quyidagi tartibda shakllantiriladi:
jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot birinchi marta ma’lumot taqdim etuvchining axborot tizimiga kiritilgan vaqtda avtomatik shaklda real vaqt rejimida ma’lumot taqdim etuvchining “Aholi reyestri” tizimiga murojaati orqali;
jismoniy shaxsning mavjud ma’lumotiga o‘zgartirish yoki tuzatish kiritilgan taqdirda mazkur o‘zgartirish yoki tuzatish amalga oshirilgan vaqtda avtomatik ravishda ma’lumot taqdim etuvchining “Aholi reyestri” tizimiga murojaati orqali.
Bunda qo‘riqlanadigan shaxslarga oid ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash mas’ul vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Tizim “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi mazkur tizimning egasi va operatori hisoblanadi.
2023 yil 1-iyuldan boshlab doimiy ravishda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.