Toshkentda tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali qayd etish tartibi joriy etildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPerinatalniy sentr
Perinatalniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Yangi tartib 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Toshkent shahrida tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, endilikda Hukumatning 540-sonli qaroriga asosan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDOga borish shart bo‘lmaydi. Mazkur tartib 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
Endilikda bola tug‘ilishi bilan, tibbiyot muassasa u va ota-onasi haqidagi ma’lumotlar, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo bo‘limiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYo bo‘limi tug‘ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi. Muassasalar ushbu ma’lumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.
Ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo bo‘limlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.
Ma’lumot uchun, otalik belgilash va yolg‘iz ona arizasiga asosan tug‘ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilishini qayd etishda bevosita FHDYo bo‘limiga murojaat qilinishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab yangi tug‘ilgan bolalarni ro‘yxatga olish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirildi.
Mazkur tartib FHDYo bo‘limlarida hujjat olish uchun navbatda turish, qabul qilib olingan guvohnomani yana tug‘ruqxonaga olib borish jarayoniga chek qo‘yadi.
Yangiliklar lentasi
0