O‘zbekistonning "OKMK" klubi Moskvaning “Spartak” jamoasi bilan o‘ynaydi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Futbolchilar yakshanba kuni Abu-Dabida uchrashishadi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Moskvaning “Spartak” jamoasi BAAdagi yig‘in doirasida O‘zbekistonning OKMK klubi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda poytaxt klubi matbuot xizmati xabar berdi.
OKMK bilan "qizil-oqlar" bahsi 22-yanvar kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Bir kun avval Turkiyada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekistonning “Navbahor” jamoasi Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol 16-daqiqada Shoxruz Norxonov tomonidan kiritildi.
“Navbahor” o‘tgan mavsumda O‘zbekiston chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Nijniy Novgorod” Rossiya chempionati mavsumining birinchi yarmini turnir jadvalida 12-o‘rinda yakunladi.
Ma’lumot uchun, OKMK - Olmaliq (Toshkent viloyati) klubi, 2004-yilda tashkil etilgan. Ikki marta O‘zbekiston chempionatining bronza medali sohibi bo‘lgan. Klub nomi bosh homiy - mahalliy tog‘-metallurgiya zavodi sharafiga atalgan.
Yangiliklar lentasi
0