Surxondaryo Tojikistondan qo‘shimcha elektr energiyasi olmoqda

© "Hududiy elektr tarmoqlari" Surxondaryo hududiy filiali Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Anomal sovuq davrida viloyatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shni Tojikistondan qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatida Tojikistondan qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Surxondaryo hududiy filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, anomal sovuq davrida viloyatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shni Tojikistondan qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Elektr energiyasi Tojikistonning “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli "L-Regar-Zarchop" va "L-Regar-Sherobod" elektr uzatish tarmoqlari orqali yetkazilmoqda.
Quyidagi hududlarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda:
Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 70 foiz;
Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlarining 90 foiz;
Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari barcha iste’molchilari.
Viloyatning Termiz, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 30 foizi, Muzrabot, Angor, Sherobod tumanlarining 10 foizi hamda Termiz shahrining elektr energiya iste’molchilari esa 196 MVt yuklama bilan O‘zbekiston orqali kuchlanish bilan ta’minlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0