Yekaterinburgda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi

© “Dunyo” AA Yekaterinburgda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi
Yekaterinburgda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Avgust oyida O‘zbekiston milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi Yekaterinburg shahrining 300-yillik yubileyini tantanali nishonlash doirasida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Yekaterinburgda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston Bosh konsulligida Ural savdo-sanoat palatasi (USSP) prezidenti A.Besedin va palata vitse-prezidenti M.Kozlov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va Sverdlovsk viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari muhokama etildi.
"O‘zbekiston milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini avgust oyida Yekaterinburg shahrining 300-yillik yubileyini tantanali nishonlash doirasida tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi", deydi USSP prezidenti A.Besedin.
Uchrashuv yakunida Ural hududida o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmasini tashkil etish masalalarini ishlab chiqish maqsadida "Hunarmand" uyushmasi va Yekaterinburg shahar ma’muriyati o‘rtasida alohida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston "Hunarmand" uyushmasi rahbariyati bilan o‘tkazgan muloqoti davomida milliy o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini Ural federal okrugi shaharlarida tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishilgan edi.
Ko‘rgazma nafaqat Yekaterinburgda balki, Rossiyaning bir qator shaharlarida ham tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0