Xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve
Mejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Avtobus qatnovlari ob-havo sharoiti hamda harakat yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘llaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib qayta tiklandi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Bugun, 19-yanvardan O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ob-havo sharoiti hamda harakat yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘llaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanmoqda.
“Toshkent” avtovokzalidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi avtobus qatnovlari ro‘yxati:
12:00 | Toshkent – Moskva chipta narxi 1011000 so‘m;
16:00 | Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 so‘m;
16:00 | Toshkent – Ostona chipta narxi 361 000 so‘m;
17:00 | Toshkent – Turkiston chipta narxi 111 000 so‘m;
18:00 | Toshkent - Qizilo‘rda chipta narxi 161 000 so‘m;
18:00 | Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 so‘m;
18:00 | Toshkent – Bishkek chipta narxi 261 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoitini inobatga olib, yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistondan xalqaro avtobus qatnovlari 13-yanvardan vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0