Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya G‘arb Ukrainaga jo‘natadigan har qanday qurol-yarog‘ni yo‘q qiladi – Antonov

© Sputnik / Mixail TurgiyevAnatoliy Antonov, arxivnoe foto
Anatoliy Antonov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Amerikaliklar yoki NATO Zelenskiy rejimiga qanday qurol yetkazib bermasin, biz uni yo‘q qilamiz, deydi Antonov.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari amerikaliklar va ularning ittifoqchilari Ukrainaga yetkazib berayotgan har qanday qurol-yarog‘ni yo‘q qiladi va o‘z hududlariga, jumladan, Qrimga ham hujumlarni javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov ta’kidladi.
So‘nggi haftalarda G‘arb davlatlari Ukrainaga zamonaviy zirhli texnikalar, jumladan, tanklar va piyodalar jangovar mashinalari yetkazib berilishini e’lon qildi, Davlat departamenti esa Qrimga hujum qilish uchun berilgan qurollardan foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ma’lum qildi.

“Bu hammaga ma’lum bo‘lishi kerak: amerikaliklar yoki NATO (Vladimir) Zelenskiy rejimiga qanday qurol yetkazib bermasin, biz uni yo‘q qilamiz. Ulug‘ Vatan urushi davrida ham shunday bo‘lgan, hozir ham shunday bo‘ladi”, - deydi Antonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainani qurol-yarog‘, jumladan, Amerika qurollari bilan to‘ldirish tinch aholining yanada ko‘proq qurbon bo‘lishiga olib keladi. Diplomat prezident Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Rossiyani mag‘lub etishning iloji yo‘qligi haqidagi so‘zlariga quloq solishga chaqirdi.
Elchi, shuningdek, Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Praysning Qrimga hujum qilish uchun Amerika qurollaridan foydalanish ehtimoli haqidagi bayonotlariga va mahalliy OAVda yarimorolga hujum qilish uchun HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlari yoki "Bradley" jangovar piyoda mashinalaridan foydalanish istiqbollari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Biz Amerika rasmiylarining ritorikasi tobora jangovar bo‘lib borayotganini ta’kidlaymiz. Bu holatda mojaroning kuchayishi xavfi yanada oshadi. Sharhchilar Rossiya o‘z hududidagi hujumlarga javob bermasligiga soddalik bilan ishonadi”, - dedi Antonov.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga yana bir yirik harbiy yordam paketini juma kuniyoq e’lon qilishi mumkin. Germaniyadagi Amerikaning Ramshtayn aviabazasida yig‘iladigan boshqa G‘arb davlatlari tomonidan ham yangi qurol yetkazib berilishi e’lon qilinishi mumkin.
Ular ham yonadi: Peskov Ukrainaga yetkazib beradigan tanklar haqida
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi fonida AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyevga o‘nlab milliard dollarlik qurol-yarog‘ yuborish orqali uni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0