https://oz.sputniknews.uz/20230119/ozbekistonda-kartoshkaning-yangi-ultra-ertapishar-navi-ixtiro-qilindi-31575033.html
O‘zbekistonda kartoshkaning yangi ultra ertapishar navi yaratildi
O‘zbekistonda kartoshkaning yangi ultra ertapishar navi yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Uni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksioner olimlari yaratishgan.
2023-01-19T10:40+0500
2023-01-19T10:40+0500
2023-01-19T10:54+0500
jamiyat
kartoshka
qishloq xo‘jaligi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1b/24835542_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a0e27c41b3003cb6ecd69e927039fa53.png
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda kartoshkaning yangi ultra ertapishar “Toshkent ertagisi” navini yaratildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.Uni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksioner olimlari yaratishgan.Yangi kartoshka navi mavjud navlardan bir nechta ustunlik jihatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, u ultra ertapishar nav, mavjud mahalliy ertapishar navlardan 10-12 kun vaqtli yetiladi.Qayd etilishicha, bu yil barcha toifa xo‘jaliklarda 286 ming gektarga, kartoshka ekish rejalashtirilgan. Tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, respublikaning 40 ta kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlarida 71 ming gektar maydonda kartoshka yetishtiriladi.Ma’lumot uchun, respublikada Davlat reyestriga kartoshkaning 152 taga yaqin navlari kiritilgan. Shundan 19 ta nav mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan yaratilgan. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida kartoshkaning yangi 11 ta mahalliy navlari ixtiro qilingan.O‘tgan yili respublikadagi barcha toifa xo‘jaliklarda 221,5 ming gektarga kartoshka ekilgan edi. Mazkur maydonlardan 3,4 mln tonna kartoshka yetishtirildi.Tibbiy meyorlar nuqtayi nazaridan, aholining kartoshkaga bo‘lgan 1-yillik ehtiyoji (1 kishiga 96 kg) 3,4 mln tonnani tashkil etadi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 million dollarga teng bo‘lgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan. Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.O‘zbekiston 11 oy davomida Pokistondan 259,1 ming tonna, Qozog‘istondan 155,1 ming tonna, Qirg‘izistondan 30 ming tonna, Rossiyadan esa 15 ming tonna kartoshka import qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1b/24835542_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_c9902ea2ede2d7118e283eb9c1b455c3.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kartoshka yangi nav uzbekiston o‘zbekiston
kartoshka yangi nav uzbekiston o‘zbekiston
O‘zbekistonda kartoshkaning yangi ultra ertapishar navi yaratildi
10:40 19.01.2023 (yangilandi: 10:54 19.01.2023) Yangi kartoshka navining mavjud navlardan qanday ustunlik jihatlari borligi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda kartoshkaning yangi ultra ertapishar “Toshkent ertagisi” navini yaratildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Uni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksioner olimlari yaratishgan.
Yangi kartoshka navi mavjud navlardan bir nechta ustunlik jihatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, u ultra ertapishar nav, mavjud mahalliy ertapishar navlardan 10-12 kun vaqtli yetiladi.
Qayd etilishicha, bu yil barcha toifa xo‘jaliklarda 286 ming gektarga, kartoshka ekish rejalashtirilgan. Tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, respublikaning 40 ta kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlarida 71 ming gektar maydonda kartoshka yetishtiriladi.
Ma’lumot uchun, respublikada Davlat reyestriga kartoshkaning 152 taga yaqin navlari kiritilgan. Shundan 19 ta nav mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan yaratilgan. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida kartoshkaning yangi 11 ta mahalliy navlari ixtiro qilingan.
O‘tgan yili respublikadagi barcha toifa xo‘jaliklarda 221,5 ming gektarga kartoshka ekilgan edi. Mazkur maydonlardan 3,4 mln tonna kartoshka yetishtirildi.
Tibbiy meyorlar nuqtayi nazaridan, aholining kartoshkaga bo‘lgan 1-yillik ehtiyoji (1 kishiga 96 kg) 3,4 mln tonnani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 million dollarga teng bo‘lgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan. Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 11 oy davomida Pokistondan 259,1 ming tonna, Qozog‘istondan 155,1 ming tonna, Qirg‘izistondan 30 ming tonna, Rossiyadan esa 15 ming tonna kartoshka
import qilgan.