O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasini imzoladi

© O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligiO‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish maqsadida yo‘l xaritasi imzolandi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish maqsadida yo‘l xaritasi imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish maqsadida yo‘l xaritasi imzolandi
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish maqsadida yo‘l xaritasi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati, O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi hamda Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi o‘rtasida uch tomonlama “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Yo‘l xaritasi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi:
ikki davlat o‘rtasida sayyohlar oqimini oshiruvchi sayohat dasturlarini ishlab chiqiladi;
ikki davlatning sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;
mamlakatlarning turistik salohiyatini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni tizimli ravishda maxsus ziyorat turizm platformasiga joylashtirib boriladi;
ziyorat turizmi maqsadida tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun chegara o‘tkazish punktlarida qulayliklar yaratiladi;
Turkiston – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovlari soni oshiriladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning turizm sohasi vakillari oktabr oyida Qozog‘istonda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan umumiy sayyohlarning 57 foizi Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shundan 30 foizi Qozog‘istondan tashrif buyurgan turistlardir.
O‘zbekistonga 2022-yilda qancha turist kelgan
Yangiliklar lentasi
0