Nil darosining suvi boshqa darolarga qaraganda tozaroqligi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Kseniya NikolskayaVoda v Nile okazalas chishe, chem vo mnogix drugix rekax
Voda v Nile okazalas chishe, chem vo mnogix drugix rekax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Olimlar Nil darosining suvi boshqa darolarga qaraganda tozaroq ekanligini aniqdashdi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Olimlar Nil darosining suvi boshqa darolarga qaraganda tozaroq ekanligini aniqlashdi. Bu haqda RIA Novostiga Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti ma’lum qildi.
Rossiya va misrlik yadro olimlar hamkorligida olib borilgan qo‘shma tajriba natijalari Nil darosining suvi boshqa darolarga qaraganda tozaroq ekanligini ko‘rsatdi.
Bir guruh olimlar Nil vodiysidagi yer usti cho‘kindilari va daryo qirg‘oqlaridagi tuproqlarning tarkibini tekshirishdi. Buning uchun neytron faollashuvi tahlili deb ataluvchi usuldan foydalanildi.
Tadqiqot jarayonida namunalardagi kimoviy elementlarning kelib chiqishi va ularning to‘planish darajasi aniqlandi. Bu esa daroning ekologik holati to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini berdi.
Tadqiqotning dastlabki bosqichida namunalar Misr janubidan Asuan to‘g‘onigacha va Qohiradan Iskandariyagacha, shu jumladan, daryo deltasigacha to‘plandi.
Tadqiqot Misrning butun hududini - janubdan shimolgacha qamrab oldi.
Misr namunalarida jami 32 ta kimoviy element aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning konsentratsiyasi boshqa mamlakatlarga qaraganda pastroq, ya’ni Nil boshqa suv havzalariga qaraganda tozaroq.
Ammo nisbatan kuchli ifloslangan joylar ham bor, masalan, daroning quyilish joyi va Xeluan shahri hududlari.
Olimlar Misrda tadqiqotni kengaytirishni va daryo deltasidagi lagunalar va ko‘llardan olingan namunalarni bir xil tahlil qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Nil - Afrika qit’asidagi eng katta toza ichimlik suvi manbai, ammo bu daroning ekologik holati haqidagi savol uzoq vaqtdan beri javobsiz qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0