Kiyev yaqinida vertolot halokatga uchrashi oqibatida Ukraina IIV rahbari halok bo‘ldi

© AFP 2023 / SERGEI SUPINSKYMesto krusheniya vertoleta vozle detskogo sada v Brovarax.
Mesto krusheniya vertoleta vozle detskogo sada v Brovarax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev yaqinida vertoyot qulashi oqibatida 18 kishi, jumladan, uch bola halok bo‘lgan.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Yenin va IIV davlat kotibi Yuriy Lubkovich Kiyev yaqinida vertolot qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Milliy politsiyasi xabar berdi.
“Aviahalokat oqibatida IIV rahbariyati: vazir, birinchi o‘rinbosar, davlat kotibi halok bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Ukrainaning “1+1” telekanalining xabar berishicha, vertolotning har ikki uchuvchi ham halok bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 18 kishi, jumladan, uch bola halok bo‘lgan. 26 kishi jabrlangani aytilmoqda.
Avvalroq Kiyev viloyati rahbari Brovari shahrida bolalar bog‘chasi va turar uy joy yoniga vertolot qulab tushganini ma’lum qilgan edi. Vertolot qulaganidan keyin portlash sodir bo‘lgan va kuchli yong‘in kelib chiqqan.
Denis Monastirskiy 2021-yil iyulidan buyon Ukraina IIV rahbari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Yangiliklar lentasi
0