Toshkent va Novosibirsk o‘rtasida yana poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

© Foto: uzrailpass.uzPoyezd na vokzale Tashkenta
Poyezd na vokzale Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
2 fevraldan Toshkent- Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishida xalqaro poyezd yana harakatlana boshlaydi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. 2023 yil 2-fevraldan 369/370-sonli Toshkent- Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishida xalqaro poyezd o‘z harakatini qayta tiklaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd Toshkentdan soat 16:05 da jo‘nab ketadi, Novosibirskka soat 04:58 da yetib boradi. Poyezd qariyb 2 kun 13 soat yo‘l yuradi.
Plaskart vagondagi chipta narxi 1,7 million, kupedagi esa 2,6 million so‘mdan boshlanadi.
Novosibirskdan poyezd soat 10:42 da jo‘nab ketadi va soat 05:32 da Toshkentga yetib keladi.
Poyezdlarning harakat jadvali bilan quyida tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalish qatnovi 2020-yilda pandemiya sababli vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Toshkent-Samara yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Yangiliklar lentasi
0