https://oz.sputniknews.uz/20230118/ozbekistonda-qulupnayning-yangi-navi-yaratildi-31550986.html
O‘zbekistonda qulupnayning yangi navi yaratildi
O‘zbekistonda qulupnayning yangi navi yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Yozning issiq kunlariga bardoshli "Dildor" navi, yil davomida ochiq maydonda bir marta hosil beradigan "Kamola" va "Dilnoz" navlari mahalliy seleksiya yo‘li bilan yaratilgan.
2023-01-18T11:50+0500
2023-01-18T11:50+0500
2023-01-18T11:50+0500
jamiyat
meva-sabzavot
qishloq xo‘jaligi vazirligi
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18830892_0:401:2217:1648_1920x0_80_0_0_ac4b7c0abdab1ff06830a1d8ac73a64c.jpg
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar yozning issiq kunlariga bardoshli bo‘lgan qulupnayning uchta yangi navini yaratishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.Yangi navlar bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan.Mazkur navlar issiqxona hamda ochiq maydonda yetishtirish uchun mo‘ljallangan. Ular yilning 5-6 oyi davomida hosil beradi. Shu bilan birga ushbu navlarning ko‘chatlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.Ma’lumot uchun, hozirda qulupnayning "Uzbekistanskaya", "Kulver", "Tashkentskaya", "Muto" (Krimskaya), "Zenga-Zengana" navlari mavjud bo‘lib, 2014-yilda "O‘zbekiston go‘zali", 2018-yilda introduksiya qilingan qulupnayning “Beautiful", "Redgountlet", "Kobra", 2020-yilda "Medvey" navlari davlat reyestriga kiritilgan.Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida qulupnayzorlar keng miqyosda tashkil etilib, maydonlari kengaymoqda. Qulupnay Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yaxshi o‘sib, yuqori hosil bermoqda.Shuningdek, institut olimlari aholi iste’moli va fermerlarga tavsiya qilish uchun shaftoli, olxo‘ri, limon, oltinsimon qorag‘at mevalaridan sukat tayyorlamoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18830892_0:193:2217:1856_1920x0_80_0_0_30710a5623b20665f93b555a5846f479.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
o‘zbekiston qulupnay kulupnay yangi nav
o‘zbekiston qulupnay kulupnay yangi nav
O‘zbekistonda qulupnayning yangi navi yaratildi
Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida qulupnayning uchta yangi navi yaratildi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar yozning issiq kunlariga bardoshli bo‘lgan qulupnayning uchta yangi navini yaratishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Yangi navlar bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan.
Mazkur navlar issiqxona hamda ochiq maydonda yetishtirish uchun mo‘ljallangan. Ular yilning 5-6 oyi davomida hosil beradi.
Yozning issiq kunlariga bardoshli "Dildor" navi, yil davomida ochiq maydonda bir marta hosil beradigan "Kamola" va "Dilnoz" navlari mahalliy seleksiya yo‘li bilan yaratilgan.
Shu bilan birga ushbu navlarning ko‘chatlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirda qulupnayning "Uzbekistanskaya", "Kulver", "Tashkentskaya", "Muto" (Krimskaya), "Zenga-Zengana" navlari mavjud bo‘lib, 2014-yilda "O‘zbekiston go‘zali", 2018-yilda introduksiya qilingan qulupnayning “Beautiful", "Redgountlet", "Kobra", 2020-yilda "Medvey" navlari davlat reyestriga kiritilgan.
Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida qulupnayzorlar keng miqyosda tashkil etilib, maydonlari kengaymoqda. Qulupnay Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yaxshi o‘sib, yuqori hosil bermoqda.
Shuningdek, institut olimlari aholi iste’moli va fermerlarga tavsiya qilish uchun shaftoli, olxo‘ri, limon, oltinsimon qorag‘at mevalaridan sukat tayyorlamoqda.