O‘zbekiston xalq artisti va sirk ustasi Hakim Zaripov vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi
Otkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
U yarim asrdan ziyod jahon arenasida tomosha ko‘rsatib kelayotgan Zaripovlar sulolasi vakillaridan biri edi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti va sirk ustasi Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
© Madaniyat va turizm vazirligi Hakim Zaripov
Hakim Zaripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Hakim Zaripov
Zaripov 1924-yilning 17-sentabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1947-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan.
Hakim Zaripov o‘z mehnat faoliyatini 1942-yilda “O‘zbek davlat sirki” respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan. U sirk san’ati sirlarini yoshlarga o‘rgatib, yarim asrdan ziyod jahon arenasida tomosha ko‘rsatib kelayotgan Zaripovlar sulolasi vakillaridan biri edi.
U umri davomida sirk manejida "yashadi" va 1946 – 1997-yillar davomida sirk san’atining ustasi, iqtidorli chavandozi, hayvon o‘rgatuvchisi, masxaraboz, kino aktori, kaskador sifatida jahon sirki tarixidan munosib o‘rin egalladi.
“Hakim Zaripov o‘zbek sirki san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan usta, badiiy va ijodiy guruh rahbari, otasining ishini munosib davom ettirgan, respublika va jahon miqyosida o‘tkazilgan tomoshalarda qatnashib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan, butun dunyoga o‘zbek sirkini tanishtirgan artist sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan mehnat faxriysi edi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0