Mudofaa vazirligi Toshkentda harbiy dala oshxonalarini tashkil etdi – manzil

© Mudofaa vazirligiToshkentda isitish punktlari tashkil etildi
Toshkentda isitish punktlari tashkil etildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur joylarda fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi poytaxt hududlarida harbiy dala oshxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur punktlarda fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda.
© Mudofaa vazirligiToshkentda isitish punktlari tashkil etildi
Toshkentda isitish punktlari tashkil etildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Toshkentda isitish punktlari tashkil etildi
Isitish punktlari tashkil etilgan hududlar ro‘yxati:
Mirzo Ulug‘bek tumani — Alisherobod va Olimlar mahallasi (90-074-63-66, 91-773-02-42);
Mirobod tumani — Birodarlik va Parvona mahallalari (88-548-19-74, 97-293-80-30);
Yakkasaroy tumani — Bobur va Boshliq mahallalari (99-817-79-56, 99-837-79-56);
Olmazor tumani — Quyosh va Shodiyona mahallalari (97-759-91-77, 97-749-92-46);
Yangihayot tumani — Navqiron mahallasi (77-019-22-19);
Uchtepa tumani — Ko‘hna cho‘ponota va Vatan mahallalari
(00-244-42-29, 88-244-42-29);
Chilonzor tumani — Sharaf mahallasi (97-484-92-73);
Yashnobod tumani — Jarboshi va Shironobod mahallalari
(99-494-95-14, 97-034-00-52);
Yunusobod tumani — Otchopar I va Posira mahallalari
(97-463-08-75);
Shayxontohur tumani — Yangibel mahallasi (97-345-09-82);
Sergeli tumani — Xonobod va Sadoqat mahallalari
(99-052-66-83, 99-324-73-06).
Shuningdek, fuqarolar o‘z vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun kitoblar, ko‘ngilochar vositalar, shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil etilgan.
Avvalroq "Yuksalish" harakati zaruratga ko‘ra joylarda isinish, qurilmalarni quvvatlash, cho‘milish, ovqat pishirish xonalarini tayyorlash taklifi bilan chiqqani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0