O‘zbekiston Singapur bilan qaysi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV ramkax gosudarstvennogo vizita Shavkata Mirziyoyeva v Singapur sostoyalis meropriyatiya na visshem urovne - peregovori s Prezidentom etoy strani Xalimoy Yakub.
V ramkax gosudarstvennogo vizita Shavkata Mirziyoyeva v Singapur sostoyalis meropriyatiya na visshem urovne - peregovori s Prezidentom etoy strani Xalimoy Yakub. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Singapur prezidenti Halima Yaqub va bosh vaziri Li San Lun bilan uchrashdi va hamkorlikning istiqboldagi yo‘nalishlarini muhokama qildi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida bu mamlakat prezidenti Halima Yaqub va bosh vaziri Li San Lun bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
1/3
2/3
3/3
1/3
2/3
3/3
Muzokaralarda ikki davlat yetakchilari O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istiqbollari, ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish borasidagi islohotlar yuzasidan fikr almashishdi.
Qayd etilishicha, savdo-iqtisodiy sohada sezilarli natijalarga erishildi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash ikki barobarga oshdi. O‘zbekistonda Singapur kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 4 karra ko‘paydi. Ushbu mamlakatdan O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 700 million dollarga yetgan.
Ko‘plab sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun katta zaxiralar mavjudligi qayd etildi.
Mirziyoyev Singapur bosh vaziri Li San Lun bilan muzokaralar chog‘ida yaqin istiqboldagi hamkorlikning beshta asosiy yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tdi.
Birinchisi – inson kapitalini rivojlantirish va davlat boshqaruvi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash. Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi ishtirokida boshqaruv, shaharsozlik, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida birgalikda davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini amalga oshirishga kelishib olindi. Shuningdek, O‘zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida Singapurning yetakchi ekspertlarini jalb qilgan holda davlat xizmatchilarini intensiv qayta tayyorlash dasturi ishga tushiriladi.
Ikkinchi yo‘nalish Singapurni O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilishga qaratilgan. Shu ma’noda, muzokaralarda Singapurning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullaridan foydalangan holda O‘zbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirish dorasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlat korxonalarini transformatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish, keyinchalik ularni IPOga chiqarish va tashqi investitsiyalarni jalb qilish uchun qo‘shma Investitsiya jamg‘armasini tuzish taklif qilindi.
Uchinchi ustuvor yo‘nalish sifatida ilg‘or “yashil” texnologiyalar va raqamli yechimlarni jalb qilish belgilandi. Singapurning raqamlashtirish sohasidagi yutuqlarini joriy qilish, shuningdek, ushbu mamlakatning “yashil” rivojlanish bo‘yicha innovatsiyalari va texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.
To‘rtinchisi – shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarni takomillashtirish. Shaharlarni rejalashtirish va qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, kommunal xo‘jalik sohalarida hamkorlik bo‘yicha tadbirlar kelishib olindi. O‘zbekistonda infratuzilma va tarmoq loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma Loyihalashtirish va injiring markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuv bu boradagi birinchi qadam bo‘ldi.
Hamkorlikning beshinchi yo‘nalishi doirasida investitsiyalar va o‘zaro savdoni kengaytirish, Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Ustav kapitali 500 million dollar bo‘lgan O‘zbekiston-Singapur investitsiya kompaniyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi.
Delegatsiyalar rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O‘zbekiston-Singapur hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 8 ta hujjat almashildi.
1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obmen 8 dokumentami, predusmatrivayushimi dalneyshee narashivanie uzbeksko-singapurskogo sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obmen 8 dokumentami, predusmatrivayushimi dalneyshee narashivanie uzbeksko-singapurskogo sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obmen 8 dokumentami, predusmatrivayushimi dalneyshee narashivanie uzbeksko-singapurskogo sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obmen 8 dokumentami, predusmatrivayushimi dalneyshee narashivanie uzbeksko-singapurskogo sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obmen 8 dokumentami, predusmatrivayushimi dalneyshee narashivanie uzbeksko-singapurskogo sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston
6/6
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Xususan, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash, kadrlar, shu jumladan davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy sheriklik hamda ikki mamlakat prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Halima Yaqub va Li San Lunni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0