Singapurda orxideyaning yangi naviga Mirziyoyev nomi berildi - foto

Obuna bo‘lish
Ushbu ko‘rkam va yoyilib o‘suvchi gul Encbi Purple va Kila Blue orxideyalarining gibridi hisoblanadi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Singapurning milliy ramzi bo‘lgan orxideya gulining yangi navi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga ataldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Nom berish marosimi Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, bunday tadbirlar an’anaviy ravishda ushbu mamlakatning oliy martabali mehmonlari va taniqli arboblarga yuksak hurmat va ehtirom belgisi sifatida o‘tkaziladi.
1/4
2/4
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Singapure noviy sort orxidei nazvali v chest Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
4/4
An’anaga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev gulning yoniga yangi turdagi orxideyaning nomi - “Shavkat Mirziyoyev orxideyasi” deb yozilgan taxtachani joylashtirdi.
Ushbu ko‘rkam va yoyilib o‘suvchi gul Encbi Purple va Kila Blue orxideyalarining gibridi hisoblanadi. Uzunligi 45 santimetr bo‘lgan qat-qat yaproqli qo‘shgullar, ularning har birida 17 tadan 20 tagacha gul hosil qiladi, har bir gulning eni 5 santimetr atrofida. Och siyohrang barglar va kosachabarglarning cheti mayin binafsharang.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida bu mamlakat prezidenti Halima Yaqub va bosh vaziri Li San Lun bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0