Mirziyoyev O‘zbekistonda Singapur biznesi uchun istiqbolli sohalarni sanab o‘tdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v ramkax programmi gosudarstvennogo vizita v Singapur posetil Shkolu gosudarstvennoy politiki imeni Li Kuan Yu i provel vstrechu s predstavitelyami delovix krugov.
Shavkat Mirziyoyev v ramkax programmi gosudarstvennogo vizita v Singapur posetil Shkolu gosudarstvennoy politiki imeni Li Kuan Yu i provel vstrechu s predstavitelyami delovix krugov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston - Singapur" biznes forumida umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarlik yangi investitsiya, savdo va moliyaviy kelishuvlar imzolandi.
TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kunning ikkinchi yarmida Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda Singapur mehnat vaziri – savdo va sanoat ikkinchi vaziri Leng Si Tang, Singapur biznes federatsiyasi raisi Ming Yan Lim, ushbu mamlakatning Indorama, Meinhardt group, CPG Corporation, Changi Airports, Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti, TMC Academy, Virtus Health kabi 15 ta yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev v ramkax programmi gosudarstvennogo vizita v Singapur posetil Shkolu gosudarstvennoy politiki imeni Li Kuan Yu i provel vstrechu s predstavitelyami delovix krugov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Shavkat Mirziyoyev Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyev O‘zbekiston-Singapur biznes forumining muvaffaqiyatli yakunlari qayd etdi.
Kuni kecha o‘tgan O‘zbekiston-Singapur biznes forumining natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi: uning doirasida umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarlik yangi investitsiya, savdo va moliyaviy kelishuvlar imzolandi.
"Bu hamkorligimiz ancha faollashganidan, muvaffaqiyatli kechayotganidan, O‘zbekiston-Singapur munosabatlari amaliy va sifatli mazmun bilan boyiganidan dalolat beradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Lekin ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish imkoni bor.

Singapur kompaniyalarining ilg‘or tajribasi bizda katta qiziqish uyg‘otmoqda, - dedi davlat rahbari. – Ishonchim komilki, singapurlik hamkorlarning innovatsiya va texnologiyalari O‘zbekistonning resurslari va kadrlar salohiyatiga qo‘shilsa, bo‘lajak qo‘shma loyihalar barqaror rivojlanadi, - dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisi uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi:
xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish,
shahar va transport infratuzilmasini rivojlantirish,
kimyo va to‘qimachilik,
“yashil” iqtisodiyot, .
ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasi.
Shu bilan birga O‘zbekiston tomoni Singapur tadbirkorlarini zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatli xaridlar shaklida keng qo‘llab-quvvatlash, boshqa ko‘mak choralarini taqdim etishga tayyor ekani bildirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev v ramkax programmi gosudarstvennogo vizita v Singapur posetil Shkolu gosudarstvennoy politiki imeni Li Kuan Yu i provel vstrechu s predstavitelyami delovix krugov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Shavkat Mirziyoyev Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston prezidenti Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli investitsiyalar hajmi YaIMning 30 foizidan ortganini va 2022-yilning o‘zida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilganini aytib o‘tdi.
Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga samarali davlat tashrifi yakuniga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0