“Utair” Samaradan Samarqandga yangi reysni yo‘lga qo‘ydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 737-800 aviakompanii "YuTeyr".
Samolet Boeing 737-800 aviakompanii YuTeyr. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
Reys har dushanba kuni amalga oshiriladi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi 16-yanvardan Samara-Samarqand yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Reys har dushanba kuni amalga oshiriladi. Samolyot Samaradan mahalliy vaqt bilan soat 13:20 da jo‘naydi.
“Uzbekistan Airports” ma’lumotlariga ko‘ra, “Utair” 22-yanvardan Farg‘ona-Surgut yo‘nalishida reysni yo‘lga qo‘yadi. Parvoz haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Utair” Ufadan Toshkentga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ydi
“Utair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga 2011-yildan beri yo‘lovchi reyslarini amalga oshirib kelmoqda. Aviakompaniya Samarqand va Farg‘onadan tashqari Toshkent va Buxoro xalqaro aeroportlariga ham muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0