“Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘ztransgaz” va “O‘zbekneftgaz” rahbarlari ishdan olindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provodit soveshanie
Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
Prezident bugungi kunda barcha darajadagi rahbarlarning eng katta vazifasi – elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlab berish ekanini qayd etdi
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Prezident ayniqsa, Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Uchqo‘rg‘on, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xo‘jayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Farg‘ona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari mas’uliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmaganini aytdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga hayfsan berildi.
Davlat rahbari bugungi kunda barcha darajadagi rahbarlarning eng katta vazifasi – elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlab berish ekanini qayd etdi. Lekin tegishli sohalar mutasaddilari buni uddalay olmayapti.
Shu munosabat bilan energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari Ulug‘bek Mustafoyev, “O‘ztransgaz" rahbari Behzod Normatov va “O‘zbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.
Yig‘ilishda agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari vaqtida yechib berilganda, daromadlarining bir qismi investitsiya qilinib, tarmoqlarni yangilashga yo‘naltirganda vaziyat bunchalik og‘ir bo‘lmas edi, deb ta’kidlandi yig‘ilishda.
Endi butunlay boshqacha tizim bo‘lishi – strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilishi belgilandi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Yangiliklar lentasi
0