Mirziyoyev Singapurga tashrifini 3 kundan 1 kunga qisqartiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti.
V Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u mamlakatdagi energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvolni inobatga olib, shunday qarorga kelgan.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi. Bu haqda davlat rahbari aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar berdi prezident matbuot kotibi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakatdagi energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvolni inobatga olib, shunday qarorga kelgan.
Mirziyoyev Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qimmatli tajribasini o‘rganish lozimligi, qolaversa, bu davlatdan 4,7 milliard dollargacha qo‘shimcha investitsiya jalb qilish rejalashtirilgani uchun ham bu tashrif muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Xususan, samarasiz ishlayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirishga ham investitsiyalar jalb qilinadi.
Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi 16-18 yanvar kunlariga rejalashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbari Singapur prezidenti va bosh vaziri bilan oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kerak edi.
Yangiliklar lentasi
0