Yana bir nechta hududda darslar 18-yanvardan boshlanadigan bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning deyarli barcha hududidagi maktablarda darslar 18-yanvardan boshlanadi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda hokimliklar maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalarining qishki ta’tilini yana 17-yanvarga qadar uzaytirishga qaror qilishmoqda.
Avvaliga Farg‘ona viloyatidagi maktab va bog‘chalarda ta’til yana uzaytirildi va darslar 18-yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi. Ilgari o‘quvchilar uchun uchinchi chorak 16-yanvardan boshlanishi aytilgandi.
Keyin boshqa hokimliklar ham maktabda darslar 18-yanvardan boshlanishini xabar qila boshlashdi. Xususan, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda ta’til uzaytirilgani ma’lum bo‘ldi.
Xorazm viloyati hokimligining aniqlik kiritishicha, bu o‘zgarish oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga taalluqli emas. Viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida dars mashg‘ulotlari 2023-yil 16-yanvardan odatdagi tartibda davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0