Urganch va Boku o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSamolet kompanii "Azerbaydjanskie avialinii"
Samolet kompanii Azerbaydjanskie avialinii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
Boku-Urganch yo‘nalishidagi ilk parvoz 28-yanvar kuniga belgilangan.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Ozarbayjonning AZAL (“Azerbaijan Airlines”) aviakompaniyasi Boku va Urganch o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dastlabki reys 28-yanvar kuniga belgilangan. Parvozlar haftada bir marta - shanba kunlari amalga oshiriladi.
Urganch O‘zbekistonning AZAL yo‘nalishlar tarmog‘idagi to‘rtinchi shahriga aylanadi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya Bokudan Toshkentga (dushanba, chorshanba, shanba va yakshanba), Samarqand (seshanba va juma kunlari) va Farg‘onaga (payshanba kunlari) ham qatnovlarni amalga oshirmoqda.
Urganch-Boku va Boku-Urganch yo‘nalishidagi reyslar chiptalari sotuvga chiqarilgan. Chipta narxi 180 dollardan boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0