Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog‘lari ish vaqti qisqartirildi

© SputnikTematicheskiy park attraksionov Magic city v Tashkente
Tematicheskiy park attraksionov Magic city v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
Barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istirohat bog‘lari ish faoliyati soat 10:00 dan 17:00 gacha cheklandi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Toshkent shahrida havo-haroratining keskin pasayishi davrida barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istirohat bog‘lari qisqartirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.
Cheklov havo haroratining keskin pasayshi davrida aholi xonadonlariga uzluksiz elektr va gaz yetkazib berish maqsadida kiritilgan.
Shahardagi oziq-ovqat do‘konlari va umumovqatlanish korxonalari o‘z rejimida ishlashni davom ettiradi.
"Barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istirohat bog‘lari ish faoliyatini ertalab soat 10:00 dan 17:00 ga qadar amalga oshirishi lozim. Ish vaqtidan so‘ng barcha elektr asboblari, isitish uskunalarini o‘chirilgan holda elektr va gaz iste’molini to‘xtatish talab etiladi", - deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda isitish tizimini yaxshilash uchun issiq suv bosimi pasaytirilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0