https://oz.sputniknews.uz/20230114/toshkentda-hamshiralar-akademiyasi-ochiladi-31458815.html
Toshkentda Hamshiralar akademiyasi ochiladi
Toshkentda Hamshiralar akademiyasi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Akademiya o‘z faoliyatini yangi o‘quv yilidan boshlaydi. Unda hamshiralarni tayyorlash 4-yillik o‘quv dasturi va xalqaro ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi. 14.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-14T09:45+0500
2023-01-14T09:45+0500
2023-01-14T09:45+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
turkiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487832_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_9cd2a0c6a7a0090d6bb9169c3f23a6f9.jpg
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida Turkiyaning Sog‘lik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi.O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan o‘tgan muloqot chog‘ida bu bo‘yicha kelishuvga erishildi.Akademiya o‘z faoliyatini yangi o‘quv yilidan boshlaydi. Hamshiralarni tayyorlash 4-yillik o‘quv dasturi asosida Sog‘lik bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, ta’limning ikki yili O‘zbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya Sog‘lik bilimlari universiteti rahbariyati o‘rtasidagi muloqotda tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4-yillik qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487832_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_0b8db6b3ab6a9ff341aeee91348ab8e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), turkiya
jamiyat, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), turkiya
Toshkentda Hamshiralar akademiyasi ochiladi
Akademiya o‘z faoliyatini yangi o‘quv yilidan boshlaydi. Unda hamshiralarni tayyorlash 4-yillik o‘quv dasturi va xalqaro ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar
berdi. O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida Turkiyaning Sog‘lik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan o‘tgan muloqot chog‘ida bu bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Akademiya o‘z faoliyatini yangi o‘quv yilidan boshlaydi. Hamshiralarni tayyorlash 4-yillik o‘quv dasturi asosida Sog‘lik bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, ta’limning ikki yili O‘zbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya Sog‘lik bilimlari universiteti rahbariyati o‘rtasidagi muloqotda tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4-yillik qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.