Saudiya Arabistonida O‘zbekistonning tarixiy eksponatlari namoyish etiladi - foto

Obuna bo‘lish
Shu yilning 23-yanvaridan 23-apreliga qadar Jiddada Islom san’ati bo‘yicha birinchi Biyennale bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning 17 ta eksponati namoyish etiladi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Saudiya Arabistonida O‘zbekistonning tarixiy eksponatlari namoyish etiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.
Shu yilning 23-yanvaridan 23-apreliga qadar Jiddada Islom san’ati bo‘yicha birinchi Biyennale bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning 17 ta eksponati namoyish etiladi.
Tadbir Diriy biyennale fondi va Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi hamkorigida tashkil etilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad “o‘tmish, hozirgi kun va kelajakni bog‘lash”dan iborat.
Biyennalening asosiy mavzusi "Avval bayt" deb nomlanadi. U arab tilida “birinchi uy” degan ma’noni bildiradi.
Tadbirda O‘zbekiston tarixiy merosini Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tanishtiradi.
“Islom san’ati biyennalesida O‘zbekistonning bebaho eksponatlari turkumini tanishtirish biz uchun katta sharaf. Yurtimiz boy merosini xalqaro hamjamiyatga namoyish etish hamda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining muhim vazifasi hisoblanadi. Biyennaleda ishtirok etish bu ishlarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir”, deydi Jamg‘arma Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston quyidagi eksponatlari bilan ishtirok etadi:
Islom olamining eng muhim qo‘lozmalaridan biri bo‘lgan VIII asrga oid Kattalangar Qur’onining bir necha sahifasi;
XVII asrga oid “Imom al-Buxoriyning Al-Jome’ as-Sahih” hadislar to‘plami;
Samarqand va Afrosiyobning X-XII asrlarga oid sopol ko‘za va kosalari, milliy liboslar, poyafzallar va boshqa noyob eksponatlar.
Biyennale doirasida Jamg‘arma tomonidan O‘zbekiston madaniy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan keng ommaviy dastur tashkillashtirish rejalashtirilgan. U munozaralar, musiqiy chiqishlar, kino namoyishlari va amaliy darslarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, an’anaviy musiqiy asboblari jo‘rligida “O‘lim minorasi”(1924) nomli ovozsiz filmi, “Al-Buxoriy” (1998) ham namoyish etilib, kulolchilik, so‘zana va boshqa mavzular bo‘yicha mahorat darslari va boshqa ko‘plab tadbirlar ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
© Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Saudiya Arabistonida O‘zbekistonning tarixiy eksponatlari namoyish etiladi - Sputnik O‘zbekiston
1/9

2/9

3/9

4/9

5/9

6/9

7/9

8/9

9/9
Yangiliklar lentasi
0