Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

O‘t-tosh kasalligini jarrohlik amaliyotisiz davolash mumkin – mutaxassis

© Depositphotos.com / SimplyBol v jivote
Bol v jivote - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassis o‘tdagi toshni olib tashlashning eng samarali usullari haqida ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. ​O‘t-tosh kasalligini jarrohlik amaliyotisiz davolash mumkin. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi Maxsud Nishonov ma’lum qildi.
Inson tanasida barcha a’zolarning o‘z o‘rni, hayotiy vazifasi bor. Ammo o‘t-tosh kasalliklari bilan og‘rigan kishilarning “o‘t pufagimni oldirib tashlagachgina, darddan xalos bo‘ldim”, degan so‘zlarini ko‘p eshitamiz.
Xo‘sh, chindan ham shundaymi? Agar o‘t pufagi toshga qo‘shib olib tashlansa, bu holat bemor salomatligiga qanday ta’sir etadi?
“O‘ng qovurg‘a ostidagi og‘irlik, og‘izda achchiq ta’m sezish, ko‘ngil aynishi o‘t pufagida tosh borligidan ogoh etuvchi eng asosiy belgilar. Ba’zida tosh o‘t qopidan chiqib, safro yo‘lida turib qolsa, bu xurujga olib kelishi ham mumkin. Ya’ni o‘ng qovurg‘a osti yoki qorinning yuqori qismida, shuningdek o‘ng yelka, qo‘l yoki kurakda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda og‘izda achchiqlik kuchayib, ko‘ngil ayniydi”, deydi mutaxassis.
O‘t pufagini davolash usulini tanlash klinik belgilar va tibbiy tahlil natijalariga bog‘liq. Bemorga jarrohlik muolajasi zarur yoki kasallikni bartaraf etish uchun litolitik usullar yetarli ekanini faqat shifokor hal qiladi.
Ushbu xastalikni jarrohlik amaliyotisiz davolash mumkin, albatta. Buning uchun o‘t pufagidagi toshlar hajmi 1 sm.dan kam bo‘lishi lozim. Ana shunda o‘t pufagi va uning kanallarini saqlab qolish mumkin. Buning uchun maxsus dori preparatlari va toshlarni maxsus muolaja yordamida parchalash usuli qo‘llaniladi.
Bu kabi davo yo‘li faqat kichik hajmli toshlarnigina eritib yuboradi, xolos. Qolaversa, safro tarkibini meyorlashtiradi. Ushbu muammoni jarrohlik amaliyoti orqali bartaraf etishda toshlar o‘t pufagi bilan birga olib tashlanadi.
Operatsiyaga quyidagi hollarda murojaat qilinadi:
agar toshlar hajman katta va o‘t pufagining aksariyat qismini egallagan bo‘lsa;
ko‘p martalik xurujlar yuz bersa;
o‘t pufagi o‘z vazifasini bajara olmasa;
davolash choralari naf bermasa.
Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘tdagi toshni olib tashlashning bir necha jarrohlik usullaridan foydalaniladi.
Bulardan biri ushbu a’zoni an’anaviy yo‘l bilan operatsiya qilishdir. Ammo mazkur chora yuqori darajali shikastlanish va xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Qolaversa, uzoq reabilitatsiya davrini talab qilgani sababli hozir kamdan-kam hollardagina shifokorlar ushbu usulga murojaat qiladi.
Ikkinchisi, laparoskopik xoletsistektomiyadir. Bunda maxsus endoskopik apparatdan foydalanib, o‘t pufagi olib tashlanadi. Uchinchisi, laparoskopik xoletsistolitotomiya. Bunda o‘t pufagidagi toshlar olinadi, ammo a’zoning o‘zi saqlab qolinadi.
Yangiliklar lentasi
0