Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

© Poytaxt YHXB Yo‘l-transport hodisasi
Yo‘l-transport hodisasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
Kecha Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida bir qancha transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha soat 20:40 da Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida bir qancha transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Jami 17 ta avtomashina o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Jumladan:
“Nexia-3” 2 ta;
“Nexia-1” 2 ta;
“Mercedes-Benz” 1 ta;
“Best tune T” 33 1 ta;
“Damas 1” ta;
“Matiz 5” ta;
“Spark 2” ta;
“Kia K5 1” ta;
“Volkswagen” 1 ta;
“Isuzu” yuk mashinasi 1 ta.
“Yo‘l-transport hodisasi natijasida 1 nafar haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazoratida”, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0