Sovuq ob-havo tufayli yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi

© Mintrans UzbekistanaPoyezd
Poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
Bugun yo‘lovchi poyezdlarning jo‘nash hamda manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishlar bo‘ladi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Sovuq ob-havo tufayli yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" xabar berdi.
Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shuning uchun bugun yo‘lovchi poyezdlarning jo‘nash hamda manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishlar bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun "Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi 765-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harkatlanuvchi elektropoyezdida anomal sovuq ob-havo sababli nosozlik yuzaga kelgan. Poyezd "Malik" bekatida to‘xtatildi. Yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zahira “Afrosiyob” elektrpoyezdi jo‘natildi.
Yangiliklar lentasi
0