Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi

© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanSovmestnie voyennie ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana v Termeze.
Sovmestnie voyennie ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana v Termeze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
Prezidentning tegishli farmoni bilan 80 ga yaqin harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mukofotlandi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Bu bo‘yicha 12-yanvar kuni prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra xodimlar quyidagicha mukofotlanadi:
II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan – 1 nafar;
"Mardlik" ordeni bilan – 6 nafar;
"Do‘stlik" ordeni bilan – 6 nafar;
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan - 3 nafar;
"Jasorat" medali bilan – 10 nafar;
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan – 31 nafar;
"Shuhrat" medali bilan – 23 nafar.
Mazkur mukofot xodimlarga mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini yuksaltirish, professional milliy armiyani shakllantirish, davlat xavfsizligi va chegaralar daxlsizligini ta’minlashdagi katta xizmatlari uchun berilmoqda.
Mukofotlanganlar quyidagi ishlarga munosib hissa qo‘shgan:
Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash;
Fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati;
Sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani;
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi.
Yangiliklar lentasi
0