https://oz.sputniknews.uz/20230113/giyohvandlik-vositalarini-ekspress-tekshirish-tartibi-belgilandi-31433942.html
Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish tartibi belgilandi
Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Hujjat bilan arim tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiriladi. 13.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-13T11:00+0500
2023-01-13T11:00+0500
2023-01-13T11:00+0500
jamiyat
yangi qaror
giyohvand moddalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:75:2497:1480_1920x0_80_0_0_d819440def8cdf6f7ba3ec07d77d1314.jpg
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning 12-sonli qaro bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Hujjat tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibini o‘z ichiga oladi.Unga ko‘ra, 1-iyuldan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:Ekspress tekshirish texnik vositasidan foydalanilgan har bir yuqoridagi holatning foto va videotasvirlari hisobotining yuritilishini ta’minlash maqsadida ular alohida yig‘majild ko‘rinishida 2-yil davomida saqlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:0:2441:1831_1920x0_80_0_0_5b7cb278fe31c1d7548a0b5639f6d074.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, giyohvand moddalar
jamiyat, yangi qaror, giyohvand moddalar
Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish tartibi belgilandi
Hujjat bilan arim tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiriladi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning 12-sonli qaro bilan tegishli nizom
tasdiqlandi. Hujjat tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibini o‘z ichiga oladi.
Unga ko‘ra, 1-iyuldan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:
giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatni qayd etishda aniqlangan modda (buyum)ning giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo bo‘lganda;
aniklangan modda (buyum)ni giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi bo‘yicha savol tug‘ilganda;
giyohvandlik vositalarining yangi turlari aniqlanganda;
tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda aniqlangan valyuta namunasi qalbaki ekanligiga shubha paydo bo‘lganida;
tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini ta’minlash zarurati yuzaga kelganda, tezkorlikni amalga oshirish hamda tegishli vaqtni tejash maqsadida mazkur modda (buyum) yoki valyuta namunalarini ular aniqlangan joyning o‘zida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar binosida ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiradi.
Ekspress tekshirish texnik vositasidan foydalanilgan har bir yuqoridagi holatning foto va videotasvirlari hisobotining yuritilishini ta’minlash maqsadida ular alohida yig‘majild ko‘rinishida 2-yil davomida saqlanadi.