Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni oshiriladi

© Foto: “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi
“Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Respublika hududlarida 11 ta hunarmandchilik markazi tashkil etiladi. Ularda 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zlangan.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Bu yil turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 1520 nafardan 2500 nafarga oshiriladi. Bu haqda "Hunarmand" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Qobil Jamalov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bu yil hunarmandchilik sohasida jami 41 mingta ish o‘rinlari yaratiladi. Shundan usta-hunarmandlar - 10,1 ming nafar, shogirdlar - 30,9 ming nafarni tashkil etadi.
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan 580,7 mlrd so‘m kreditlar ajratilgan holda jami 12 565 ta hunarmandchilik loyihasi amalga oshiriladi.

“E-Commerse tizmida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 220 nafardan 500 nafarga, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar sonini 1520 nafardan 2500 nafarga yetkaziladi”, - deydi Qobil Jamalov.

Shuningdek, xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘tadigan 28 ta hunarmandchilik ko‘rgazmasida 320 nafar hunarmand ishtirok etishi kutilmoqda. Bu orqali savdo hajmini 1,5 mln dollarga yetkazish va yillik eksport xajmini 15,3 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Respublika hududlarida qiymati 112 mlrd so‘mlik, 11 ta hunarmandchilik markazi tashkil etiladi. Ularda 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zlangan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili MDH, Yevropa va AQSh davlatlariga kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik va qo‘lda gazlama to‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 13,2mln dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.
Yangiliklar lentasi
0