O‘zbekiston qurilish materiallari eksporti bozorini kengaytirmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qo‘shni respublikalardir.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston qurilish materiallari eksporti bozorini kengaytirmoqda. Bu haqda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilda 606,3 mln dollarlik qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 138 foizni tashkil qilib, 168 mln dollarga ko‘p qurilish materiali eksport qilingan.
Xususan, keramik plitka va keramika buyumlari (92 mln dollar), alyuminiy profil va panellar (40 mln dollar), PVX profil, truba va fitinglar (82 mln dollar), quruq qurilish qorishmalari (44 mln dollar), gulqog‘oz (38 mln dollar) kabi qurilish materiallari eksport qilingan.
© Foto: “O‘zsanoatqurilishmateriallari”
Qurilish materiallari - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Foto: “O‘zsanoatqurilishmateriallari”
Qurilish materiallari - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Foto: “O‘zsanoatqurilishmateriallari”
Qurilish materiallari - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Foto: “O‘zsanoatqurilishmateriallari”
Qurilish materiallari - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qo‘shni respublikalardir. Bu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 71 foizni tashkil etmoqda.
Qozog‘istonga – 177 mln dollarlik, Qirg‘izistonga – 89 mln dollarlik, Tojikistonga – 65 mln dollarlik, Turkmanistonga – 21 mln dollarlik, Afg‘onistonga – 2 mln dollarlik, Rossiyaga – 63 mln dollarlik, Litvaga – 17 mln dollarlik, Turkiyaga – 9 mln dollarlik, Ozarbayjonga – 8 mln dollarlik qurilish materiallari sotilgan.
Bundan tashqari, Tailand, Belgiya, Fidji, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya davlatlari hisobiga ham eksport bozorlari kengaytirilmoqda.
“Qurilish materiallari eksportini oshirishda Rossiya bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. 2023-yilda Rossiyaga 100 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilinishi rejalashtirilgan. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, Rossiyadan asosan DSP, metall mahsulotlari, PVX, lak bo‘yoqlar, gulqog‘ozlarga talab katta”, - dedi Shermetov.
Yangiliklar lentasi
0