Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiya ta’sis etildi – u kimlarga beriladi?

© SputnikMunojat Yulcheva
Munojat Yulcheva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur stipendiya Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida ta’lim olayotgan ayrim talabalarga beriladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiya ta’sis etildi. Bu haqda haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Mazkur stipendiya Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida ta’lim olayotgan talabalarga beriladi.
Unga ko‘ra, stipendia oluvchilar institutda 2-kursni tugatgan bakalavriat hamda 1-kursni tugatgan magistratura talabalari orasidan tanlov asosida saralanadi. Talabgorning hujjatlarini institut ilmiy bo‘limi qabul qiladi.
Tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlar tanlov muddati tugagach bir hafta muddatda tanlov komissiyasiga taqdim etiladi va komissiyasining qarori bilan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ekspertlar belgilanadi.
Ekspertlar tanlov komissiyasi a’zolari va institut professor-o‘qituvchilari yoki zarur hollarda boshqa tashkilotlardan jalb etilayotgan ekspertlarning roziligi bilan tayinlanishi ko‘zda tutilgan.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va stipendiyaga tavsiya etilganlarning ro‘yxati Kengash raisi tomonidan buyruq asosida tasdiqlanib stipendiyani to‘lab berish uchun taqdim etiladi.
Stipendiantlar bo‘yicha fakultet yoki bo‘limning institut ichki tartib qoidalarini buzganligi yoki ilmiy faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi to‘g‘risidagi taqdimnomasiga ko‘ra, Kengash qarori bilan stipendiya berilishi to‘xtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0