G‘arb uchun “so‘nggi ukrain askari qolganicha” oz qoldi
21:13 12.01.2023 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
© AFP 2023 / STIAN LYSBERG SOLUMGeneralniy sekretar NATO Yens Stoltenberg.
© AFP 2023 / STIAN LYSBERG SOLUM
Obuna bo‘lish
Kuni kecha NATOning bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaga harbiy yordamni ko‘paytirish muhimligi haqida gapirdi
Ushbu bayonot ikki vaziyat tufayli ahamiyatli. Birinchidan, U Soledarning Rossiya qo‘shinlari tomonidan ozod etilishi vaqtida e’lon qilindi. Qolaversa, Stoltenberg Ukrainani G‘arb tomondan qo‘llab-quvvatlashni ahamiyatini aynan mana shu voqealar fonida aytib o‘tdi. Ikkinchidan, Shimoliy Atlantika alyansi rahbari bu so‘zlarni Yevropa komissiyasi bilan qo‘shma uchrashuvdan oldin aytdi.
Eslatish joizki, bundan bir kun oldin, seshanba kuni, NATO va YeI rahbariyati tomonidan hamkorlik haqida deklaratsiya imzolandi. Yevropa nomidan o‘z Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen o‘z imzolari bilan tasdiqlashdi. Hujjatda ta’kidlangan Ukraina voqealari nuqtayi nazaridan, Yevropani Amerika harbiy rejalari to‘sig‘iga tortish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.
Biroq, frontdagi vaziyatni hisobga olgan holda, G‘arbning taktikayu strategiyasiga ham bir qator savollar paydo bo‘ladi.
Soledar va Artyomovskning (Kiyev shaharning eski nomi - Baxmutdan foydalanadi) harbiy ahamiyatiga oid ekspertlar va rasmiylarning fikrlari bir-biridan farq qiladi. Ba’zilar Soledarning ozod etilishi bilan UQK ning eng muhim mudofaa liniyasi buzilgani aytishmoqda. Va bu DXR hududining ozod etilishi vaziyatini ancha o‘zgartiradi. Boshqalarning aytishicha, ushbu voqeaning ahamiyatini bo‘rttirish kerak emas - bu muhim, lekin mahalliy g‘alaba.
Boshqalar esa ushbu aholi punktlarining hech qanday ahamiyati bo‘lmagandek ko‘rsatishmoqda. Masalan, Vladimir Zelenskiyning Soledarga Rossiyaning hujumini “telbalik” deb atagan edi va u yerda hujum qilishga arzigulik hech nima yo‘qligini nazarda tutgan: “Rossiya u yerda nima olishni istadi? Hammasi butunlay tamom bo‘lgan bo‘lsa, hayot qolmagan bo‘lsa”.
To‘g‘ri, shunda beixtiyor savol paydo bo‘ladi: xo‘sh, unda nima uchun UQK u yerga bir dunyo askarlar joylashtirgan? Chunki kuzatuvchilarning Ukraina tomondan halokatli deya aytilayotgan yo‘qotishlar borasida qarashlari bir xil. Kiyev qo‘mondonligi esa u yerga rezervlarni jo‘natavergan, jo‘natavergan. Ular esa Rossiya qo‘shinlari tomonidan tor-mor keltirilgan. Qolaversa, Ukraina qo‘shinlari uchun vaziyatning hech ish bermasligi bir necha haftadan buyon ma’lum. Harbiy ekspertlar uzoq vaqtdan beri bir ovozdan harbiy nuqtayi nazardan Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlarini shahardan yangi mudofaa chizig‘iga olib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lishini aytishgan.
Ammo, albatta, Kiyev (va undan ham ko‘proq G‘arb uchun) birinchi navbatda - siyosiy maqsadga muvofiqlik muhim. Harbiy vaziyat, strategiya ular uchun bir pul. Shuning uchun ham ular hech ukrainaliklarni achinmasdan va ikkilanmasdan go‘sht qiymalagichga tashlashda davom etmoqda.
Biroq, bu yerda gap nafaqat qaror qabul qiluvchilarning Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi taqdiriga befarqligida emas, degan shubha ham bor. G‘arbning hozirgi geosiyosiy qarama-qarshilikda ham, umuman olganda resurslarga munosabati yanada muhimroq va keng ko‘lamli omil bo‘lib ko‘rinmoqda.
Urush nihoyatda xarajatli ish. Uni olib borish uchun turli va keng ko‘lamli – moliyaviy, insoniy, sanoat, energetik va boshqa resurslar kerak.
So‘nggi o‘n yilliklarda G‘arb harbiy kampaniyalarda har qanday dushman ustida ustunlik uning qo‘lida bo‘lganiga ko‘nikib qolgan edi. Bu esa, o‘z navbatida unda "imkoniyatlarining cheksizligi" tuyg‘usini oshirdi.
Demak, shundan Rossiyaga qarshi tanlangan harakat yo‘nalishi - eng to‘g‘ri va shafqatsiz bosim. G‘arb o‘zining asosiy dushmani qilib qo‘ygan davlatlarga qarshi mana shunday harakat qilishga odatlangan. Ammo bu usul faqat dushman tezda sindirilsa samarali bo‘ladi. Agar u zarba berishda davom etsa va operatsiya cho‘zilaversa, resurslarni sarflashda bunday isrofgarchilik asossiz xarajatga aylanadi, qarshi ta’sirlari esa nihoyatda qimmatga tushadi.
Aynan shularni biz har kuni kuzatamiz. Bir tomondan Ukrainaga pullar, qurollar va yana boshqacha yordamlar yomg‘iri yog‘moqda. Qolaversa, bu yana va yana davom etmoqda. Darvoqe, bu dushmanga ruhiy tushkunlik ta’sirini keltirib chiqarishi mumkin.
Ammo boshqa tomondan, (jumladan, nufuzli G‘arb manbalaridan) G‘arb ixtiyoridagi resurslar aslida tubsiz emasligi haqidagi ovozlar tobora kuchayib bormoqda.Va bu 24-fevraldan keyin ilk oylarda ma’lum bo‘lgan edi. Qurol zaxiralari tugab bormoqda. Ularning to‘ldirilishi esa, xuddi qayta tiklanishi kabi tez hal bo‘lar ish emas, ba’zan yillar kerak bo‘lishi mumkin. Ukraina yanada og‘ir va qimmat tizimlarni yetkazib berish kerak bo‘ladi, ular esa yetkazib beruvchi mamlakatlarning o‘zida ko‘p emas. Bundan tashqari, uni boshqarish uchun yuqori malakali ekipaj zarur.
Pul bosib chiqaradigan mashina, shubhasiz, AQSh va Yevropa uchun Kiyevga yana bir milliard mablag‘ ajratishni osonlashtiradi, ammo faqat 2022-yilda, ko‘p yillar davomida birinchi marta G‘arb jilovlash mushkul bo‘lgan yoqimsiz tuyg‘u - ichki inflyatsiyani eslashga majbur bo‘ldi. Va yangi yilda ishlar osonlashishidan darak beruvchi belgilar ham ko‘rinmayapti.
Ammo agar bu mavzular baribir G‘arb axborot sohasida qimmatli resurslarni sarflashda ehtiyotkor bo‘lish kerakligi haqida ogohlantirish sifatida yangrayotgan ekan, unda yaqin istiqbolda kuzatiladigan inson resurslari taqchilligi haqida bir oz ham anglash belgilari yo‘qdek.
G‘arb so‘nggi ukrain askari qolguniga qadar jang qilish niyatini aslo yashirmaydi. Biroq buni ham turlicha amalga oshirish mumkin. Soledar uchun jang yana bir bor inson resurslari bu tomonidan isrof qilinayotganini ko‘rsatib berdi.
Umuman olganda, bunday munosabat qanday paydo bo‘lganini tushunish mumkin. Ukraina ko‘p sonli aholiga ega mamlakat. Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilda mamlakat aholisi 44 millionni tashkil etgan. Klassik harbiy usullarga ko‘ra, to‘liq miqyosli harbiy amaliyotlar paytida mamlakatning safarbarlik salohiyati aholining 10-20 foizini tashkil qiladi. Ya’ni, agar biz juda yuqori ko‘rsatkichni olsak, kimdir Ukrainada deyarli to‘qqiz million odamni qurol ostiga qo‘yishi ehtimolini tan olishi mumkin. Nihoyatda katta raqamlar.
Ammo rossiyalik harbiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, Ukrainadagi uzoq muddatli noqulay demografik jarayonlarni hisobga olgan holda ( albatta, 40 million kishi uzoq vaqtdan beri u yerda bo‘lmagan, bundan tashqari, vayron bo‘lgan hududlardagi odamlar, shuningdek, mamlakatni muvaffaqiyatli tark etgan fuqarolar ham bor), mamlakatning real safarbarlik salohiyati ikki million kishidan oshishi dargumon - va shular ham allaqachon tugashga yaqin turibdi.
Agar bu taxmin haqiqiy raqamlarni kam baholagan bo‘lsa ham, bu G‘arb Rossiyaga qarshi tashlashi mumkin bo‘lgan millionlab ukrainaliklar haqidagi xayollardan ko‘ra haqiqatga yaqinroq. Ukrainada jang qilayotgan chet ellik yollanma askarlar sonining barqaror o‘sishi ham buning bilvosita tasdig‘i bo‘lishi mumkin: u yerda o‘zlarining inson resurslari kamaya boshladi.
Bunday vaziyatda, Ukraina Qurolli kuchlarining katta yo‘qotishlari evaziga Soledarning samarasiz himoyasi nafaqat odamlarni ma’lum bir o‘limga jo‘natish, balki qimmatbaho va tez orada tanqis bo‘ladigan inson resurslarini ahmoqona isrof qilish bo‘ladi.
Ammo bu G‘arbning Rossiyaga qarshi ko‘rsatayotgan yondashuvi - guyoki uning barcha resurslari tugaymadigandek. Biroq o‘tgan yil bu yolg‘ondan boshqa narsa emasligini isbotladi. Rossiya esa axir hali jiddiylashgani yo‘q...