Yordammi yo utilizatsiya: "Bradley" va "Marder" zirhli mashinalari nimalarga qodir?

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishNatsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO)
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Pentagon 9-yanvarda donor-mamlakatlarning yangi “impulsi” haqida – ya’ni Kiyevga Amerikada ishlab chiqarilgan "Bradley" jangovar piyoda mashinalari, shuningdek, ularning fransuzcha va nemischa muqobillari yuborilishini ma’lum qildi.
Kiyevga rejimiga harbiy yordamlar paketida NATO standartidagi bir qator ishlatilgan va osori-atiqaga aylangan zirhli mashinalarning paydo bo‘lishi G‘arbning Rossiya bilan proksi-urushda mag‘lubiyatini anglab yetgani va hatto jar yoqasida turgan bo‘lsada, foyda ko‘rmoqchi ekanligidan dalolat beradi.
NATOning jangovar piyoda mashinalari maxsus operatsiya maydonida kuchlar tengligini o‘zgartira olmaydi. AQSh hamda ittifoqdoshlarining alamzada va bema’ni hatti-harakatlari Ukraina Qurolli Kuchlariga zarba beruvchi qurollar (tanklar, samolyotlar, uzoqligi 300 kmga bo‘lgan operativ-taktik raketalar)ni qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi, mojaroni kuchaytiradi va Ukraina harbiy harakatlar teatrining operatsiya teatridan ancha uzoqda ham bo‘lishi ehtimolini oshiradi.
CC BY 2.0 / High Contrast / SPZ Marder in Heppenheim 2004Nemeskaya BMP "Marder". Arxivnoe foto.
Nemeskaya BMP Marder. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Nemeskaya BMP "Marder". Arxivnoe foto.
Pentagon 9-yanvarda donor-mamlakatlarning yangi “yordam impulsi” haqida – ya’ni Kiyevga Amerikada ishlab chiqarilgan "Bradley" jangovar piyoda mashinalari, shuningdek, ularning fransuzcha va nemischa muqobillari yuborilishini ma’lum qildi. Shu kunning o‘zida davlat departamenti ushbu mashinalarni yetkazib berib, AQSh Ukrainadagi mojarodagi hozirgi ahvolni o‘zgartirishga harakat qilayotganini aytib chiqdi. Maxsus operatsiya maydonidagi vaziyat Vashingtonning Kiyevdagi qo‘g‘irchoqlarining yo‘q bo‘layotgani, Ukraina iqtisodiyoti va davlatchiligining tanazzulga yuz tutib borayotganini tasdiqlaydi.

G‘arb Rossiya bilan urushida muqarrar bo‘lgan mag‘lubiyatida alamzadalik bilan qarshilik ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Pentagon AQSh “zaxirasidan” UQK uchun ajratilgan 2,85 mlrd.dollarlik yangi harbiy yordam paketining tarkibini e’lon qildi. Vashington va NATO Kiyevga 50 ta "Bradley", 40 ta "Marder" jangovar piyoda mashinalari, 100 ta M113 bronetransportorlari va AMX-10RC fransuz og‘ir zirhli mashinalari yetkazilishini ma’lum qildi.

Britaniya UQKga 10 ta "Challenger 2" tanklari yetkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Kiyev rejimi "Leopard II" va "Abrams" NATO tanklarini so‘ramoqda.
Alyansning tajovuzkor rejalari, NATOning foydalanilgan zirhli texnikalarning soni va jangovar xarakteristikasi, UQK mutaxassislarini tayyorlash muammolari- yaqin istiqbollarda maxsus operatsiya maydonida kuchlar muvozanatini o‘zgartira olmaydi, Rossiya Qurolli kuchlarining o‘t ochish va strategik jihatdan ustunligiga rahna sola olmaydi. Eslatib o‘taman, maxsus operatsiyaning 320 sutkasida Rossiya qo‘shinlari UQKning 7465 tanklari va boshqa zirhli mashinalarini yo‘q qilgan.
Ya’ni, o‘rtacha hisobda, Kiyev rejimi har oyda 700 ta zirhli texnika yo‘qotmoqda. NATOning "Marder", "Bradley" jangovar mashinalari, M-113, AMX-10RC “G‘ildirakli tanklari” yoki hatto (yaqin istiqbolda) ikki-uchta "Abrams", "Leopard", "Chellenjer"lar-Ukraina harbiy harakatlar maydonida katta ta’sir ko‘rsata olmaydi. Aksincha, Kiyev rejimi va Ukraina xalqininng azoblarini ko‘paytiradi, xolos.

“Utilizatsiya” operatsiyasi

Ukraina demokratiyasini himoya qilish haqidagi demagogiya niqobi ostida, Vashington va uning yevropalik ittifoqdoshlari Ukrainadagi harbiy harakatlar teatridan o‘zining eskirgan qurollarini utilizatsiya qilishda foydalanmoqda.
Kiyevga va’da qilingan AMX-10RC g‘ildirakli tanklar va boshqa jangovar mashinalar – Sovuq urush davrida yaratilgan (texnologik jihatdan takomillashmagan), ekspluatatsiya uchun katta muddat kerak bo‘ladi (ishonchsiz, Ukrainada esa ularni ta’mirlash bazalari yo‘q), UQK mutaxassislarini tayyorlash uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Asosiysi, G‘arb avvalroq yetkazib bergan yuzlab mashinalar allaqachon yo‘q qilingan.
CC0 / Public domain / Boyevaya mashina pexoti (BMP) SShA M2 Bradley. Arxivnoe foto
Boyevaya mashina pexoti (BMP) SShA M2 Bradley. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Boyevaya mashina pexoti (BMP) SShA M2 Bradley. Arxivnoe foto
“Bugungi kunda biz Ukrainaga 200 dan ortiq zirhli mashinalar, jumladan, "Starstreak" raketalari bilan qurollangan "Stormer" mashinalari ham yetkazganmiz”, - deb bayonot berdi Britaniya Mudofaa vazirligi vakili 9-yanvar kuni.
Bu yerda gap 1970-yillar namunasidagi bortida “Stinger” muqobillari (1980 yillarda ishlab chiqarilgan, uzoqligi 6 kmgacha, lazer nurlari bilan boshqariladigan zenit raketalari) bo‘lgan kichik zirhli mashinalar haqida ketmoqda.
Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, bu ishga tushirish uchun anchayin murakkab va Rossiya aviatsiyasiga qarshi kuchsiz obyekt. Ishlatilgan jangovar mashinalarning alyans saqlash bazalaridagi “reanimatsiyasi”dan so‘ng, Ukrainaga yetkazib berish 2023-yilning bahoridan oldinroq bo‘lmaydi.
1970 yillarda tanklarni o‘t ochishda qo‘llash va tirik kuchlar transportirovkasi maqsadida Sovet bronetexnikalariga qarshi kurashish uchun yaratilgan "M2 Bradley" mashinasi va’da qilinganlar orasida ancha zamonaviy. UQK eng zamonaviy modifikatsiyalarni (M2 va M2A1) olmaydi, ehtimol dinamik himoya bloklari bilan birga olishi mumkin. Oddiy quroli- 25 mm avtomatik pushka va unga ko‘shaloq ravishda 7,62 mm pulemot, shuningdek, TOW- tankka qarshi boshqariladigan raketasi bilan, desant - 7 kishi. O‘t ochishni boshqarish tizimi lazerli uzoqni o‘lchagichga ega, haydovchi teplovizorni nazorat qiladi.

Amerikaliklarning ta’kidlashlaricha, "Bradley"ning tankka qarshi raketalari Iroqda "Abrams"larga qaraganda ancha ko‘proq dushman bronetexnikalarini yo‘q qilgan. Biroq Rossiyaning BMP-3 quroli bilan taxminiy jangda "Bredli"lar ortda qoladi.

Zamonaviy BMP-3 bortida 100-mm lik qurol- 2A70 pusk-o‘rnatmalari va ular bilan juftlikda 30-mmlik 2A72 pushka yuklatilgan. Ular “hujum qilish va mudofaada motopiyoda bo‘linmalarga tank va artilleriyasiz samarali harbiy harakatlar olib borish” imkonini beradi. Rossiyaning 100-mmlik quroli Amerikaning zirhli mashinalari tor-mor keltirilishini kafolatlaydi. Rossiya zirhli mashinalari manyovrlilik xususiyati sabab yuqori darajada chidamli: BMPning quvvat zichligi- 26,7 l.s tonnasiga. “Bredli”niki esa-21,7. Bredli BAAdagi tenderda BMP-3ga mag‘lub bo‘lgani ham bejiz emas.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, arablarda hozirgi kunda 650 tagacha Rossiya mashinalari bor. Va mingdan ortiq BMP-3 lar 13 mamlakatda muvaffaqiyatli xizmat qilmoqda. Shubhasiz, Amerikaning "Bredli" zirhli mashinalari UQK jang maydonida Pentagon tasavvur qilgandek ustunlik bermaydi.

Ehtimol, ular Ukrainada yanada xavfli NATO zarbali qurollari ("Abrams" va "Leopard" tanklari, F-16 samolyotlari, 300 km masofagacha uchadigan MGM-140 ATACMS taktik raketalari) paydo bo‘lishidan oldin sinov ishi bo‘lishi mumkin. Buning ortidan mojaroning yanada kuchayishini kuzatilishi mumkin.

Germaniya Ukrainaga 40 ta "Marder" zirhli mashinalarini yetkazib beradi. U “doiraviy almashinuv” ichida Gretsiyaga yetkazilishi kerak edi, biroq Gretsiya bunga qarshi. Bundesverda "Marder" 1971-yilda qurollar safiga kiritilgan. Zirhli, ikki o‘rinli, 20 mm-avtomatik pushka va qo‘shaloq 7,62-mm pulemotli minora komandir va mo‘ljalga oluvchi askarga o‘t ochishga imkon beradi. Ikkinchi, 7,62-mm pulemot masofadan boshqarishning burilish o‘rnatmalarida montaj qilingan. Mashina korpusi po‘lat plitalardan payvandlangan, burchak zirh 20-mm snaradlardan himoyalanishni kafolatlaydi. BMP-3 bilan to‘qnashuvda nemis mashinasining omon qolish ehtimoli nolga teng (Rossiya tanklari bilan to‘qnashuv haqida so‘zlashga hojat yo‘q). "Marder"dan 2009 ilda Afg‘onistonda foydalanilgan va yorqin g‘alabalar bilan yodda qolmagan. Ehtimol, 2010-yilda "Marder" o‘rniga Bundesverga “Puma” mashinalari kirib kelgandir.
“Jangovar avtobus” - Amerikaning 1960-yillar namunasidagi M113 bronetrasportori dunyodagi eng ko‘p ommabop ishlab chiqarilgan bronetrasportor hisoblanadi. (1980 yilning o‘zida 80 mingta M113 bronetrasportorlar yig‘ilgan). Asosiy qurol-yirik kalibrli 12,7 mm Brauning M2NV pulemoti (jangovar komplektida 2000 ta patron), u komandir minorachasi atrofida joylashtirilgan. Bronetransportor korpusi to‘liq alyuminiydan ishlangan. Bu mashinaning og‘irligini kamaytiradi va go‘yoki o‘qchi qurollardan asrashga imkon beradi. Keyinchalik yuqori kompozit va po‘lat plitalar tufayli zirhni mustahkamlashga harakat qilishgan.
M113 konstruksiyasining eskiligiga qaramay, Pentagon undan faqat 2030-yilda voz kechishni rejalashtirgan edi. Biroq Ukrainadagi harbiy harakatlar teatri unga texnikalarni utilizatsiya qilishda ancha yengillik beradi.
Jangovar razvedka mashinasi, “g‘ildirakli tank” - bu Fransiyada ishlab chiqariladigan AMX-10 RC zirhli avtomobili haqida. U 1976-yildan ma’nan eskirgan. Quroli-minoradagi 105 mm-lik qurol. O‘q-dorilari- yuqori portlovchi va kumulyativ. 7,62 mm kalibrli pulemot pushka bilan birlashtirilgan. AMX-10RC ning yupqa zirhlari o‘q otish qurollari va snarad bo‘laklaridan himoya qiladi, biroq yirik kalibrli raketalar yoki tankka qarshi raketalardan himoya qila olmaydi. Bunday mashinalarni ishlab chiqarish 1994-yilda to‘xtatilgan (jami bo‘lib AMX-10RC 450 ta ishlab chiqarilgan). Fransiya “Sahrodagi bo‘ron” va Afrikadagi isonchilarga qarshi operatsiyada 200 ta AMX-10RCdan foydalangan. G‘ildirakli tank alohida qahramonliklari bilan tilga tushmagan.

Yuqorida keltirilgan ushbu qurollar bilan NATO harbiy harakatlarda ishtirok etmoqchi. Va bu g‘alaba hisoblanmaydi. Ukrainaning Britaniyadagi elchisi "Newsweek" nashriga bergan intervyusida oshkora tan oldi: “G‘arb texnikasining ko‘p qismining foydalanish muddati tugagan. Biz, agar uni utilizatsiya qilmoqchi bo‘lsangiz, bizga bering, deb hazillashapmiz. Biz kerakli joyda ishlatamiz”.

Aftidan, Kiyev rejimini yuz minglab ukrainlarning xuddi shunday “utilizatsiya” bo‘lishi ham tashvishlantirmaydi. Vashington, Brussel, London va Kiyevdagi yuqori martabali amaldorlar uchun UQK ning vayron bo‘lishi va NATOning mag‘lubiyati sir emas. Biroq, AQSh Ukraina uchun shu qadar ko‘p pul sarflaganki, endi shunchaki jar yoqasida tashlab keta olmaydi. Vashington va NATOning buzg‘unchi yo‘nalishi muqarrar ravishda Shimoliy Amerika hududi va AQShning yevropadagi satellitlariga kuchayib borayotgan (javob) harbiy tahdidlar bilan tuzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0