Bayden yordamchilari maxfiy hujjatlarning ikkinchi partiyasini topdi – OAV

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Baydenning yordamchilari unga tegishli maxfiy hujjatlarning ikkinchi partiyasini topdi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning yordamchilari unga tegishli maxfiy hujjatlarning ikkinchi partiyasini topdi. Bu haqda NBC ma’lumotli manbalarga tayanib xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, maxfiy hujjatlar “Bayden Barak Obama ma’muriyatidan ketganidan keyin foydalangan Vashingtondagi ofis tashqarisidagi joydan topilgan”.
Oq uy telekanalning so‘roviga javob bermagan. AQSh Adliya vazirligi ham ushbu xabargamunosabat bildirmagan.
Avvalroq AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlar unga aloqador Vashingtondagi tahlil markazidan topilgani haqida xabar berilgandi.
AQSh yetakchisi vitse-prezident bo‘lgan davrga oid materiallar noyabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlar arafasida uning ishonchli shaxslari tomonidan topilgan.
Keyinroq ma’lum qilinishicha, topilgan maxfiy hujjatlar orasida Ukraina, Eron va Buyuk Britaniyaga oid razvedka ma’lumotlari ham bor. Hujjatlar zudlik bilan milliy arxivga topshirilgan, biroq Adliya vazirligi ularning shaxsiy idoraga qanday kirib qolganini tekshirmoqda.
Oq uy Bayden ushbu binolardan 2017-yildan 2020-yilgacha, ma’muriyatda bo‘lmagan paytida foydalanganini tan oldi. Baydenning o‘zi ushbu topilmadan hayratda qoldi va hujjatlar mazmunini bilmasligini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0