https://oz.sputniknews.uz/20230110/pedagog-31368205.html
Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jazo yanada kuchaytirilishi mumkin
Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jazo yanada kuchaytirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat kodeksiga ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etgan taqdirda 3-yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan... 10.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-10T14:14+0500
2023-01-10T14:14+0500
2023-01-10T14:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘qituvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20983031_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_66c9348be67d297f143b52f6b0e34070.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ta’lim muassasasining pedagog xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bugungi majlisdaBuni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqib, qabul qilishdi.Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga pedagoglarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (hozir 5 baravaridan 7 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa – 10 baravaridan 15 baravarigacha (hozir 7 baravaridan 10 baravarigacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (hozir 7 baravaridan 10 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (hozir 10 baravaridan 15 baravarigacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishini nazarda tutuvchi normani kiritish nazarda tutilmoqdaAmaldagi qonunchilikka ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish bilan bog‘liq jazo chorasi mavjud emas.Shuningdek, Jinoyat kodeksiga ham ta’lim muassasasining pedagog xodimiga nisbatan mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etgan taqdirda huquqbuzar BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishini mustahkamlovchi yangi norma qo‘shish taklif etilmoqda.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20983031_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0cc322e10afd39dfd6d7f4af26dd45ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, o‘qituvchilar
jamiyat, o‘zbekiston, o‘qituvchilar
Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jazo yanada kuchaytirilishi mumkin
Jinoyat kodeksiga ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etgan taqdirda 3-yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishini mustahkamlovchi yangi norma qo‘shish taklif etilmoqda.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ta’lim muassasasining pedagog xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bugungi majlisda
Buni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqib, qabul qilishdi.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga pedagoglarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;
ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (hozir 5 baravaridan 7 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa – 10 baravaridan 15 baravarigacha (hozir 7 baravaridan 10 baravarigacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;
xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (hozir 7 baravaridan 10 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (hozir 10 baravaridan 15 baravarigacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishini nazarda tutuvchi normani kiritish nazarda tutilmoqda
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish bilan bog‘liq jazo chorasi mavjud emas.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga ham ta’lim muassasasining pedagog xodimiga nisbatan mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etgan taqdirda huquqbuzar BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishini mustahkamlovchi yangi norma qo‘shish taklif etilmoqda.