https://oz.sputniknews.uz/20230110/on-birinchi-yanvardan-bosqichma-bosqich-dars-mashgulotlari-boshlanadi-31369208.html
O‘n birinchi yanvardan bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanadi
O‘n birinchi yanvardan bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini ma’lum qildi.
2023-01-10T13:46+0500
2023-01-10T13:46+0500
2023-01-10T13:53+0500
jamiyat
ta’lim
maktab
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/1c/20680289_0:157:3022:1857_1920x0_80_0_0_65c9f2f57b59633edbf1c6f34d7db67b.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘quv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.Shuningdek, ta’lim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi ta’minlanadi.Ta’lim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-o‘quvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini ta’minlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladi. O‘quv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari to‘la inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.Qayd etilishicha, o‘quv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tug‘ilganda o‘quv grafigiga o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishlari tavsiya etiladi.Shuningdek, ob-havo sharoitlari tufayli o‘qishga kelolmagan talabalarga o‘quv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/1c/20680289_169:0:2854:2014_1920x0_80_0_0_6e52286e1b8232e3713559f14f0fcdb8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dars ta’til qachon o‘zbekiston otm maktab kollej litsey dars taʼtil qachon o‘zbekiston otm maktab kollej litsey
dars ta’til qachon o‘zbekiston otm maktab kollej litsey dars taʼtil qachon o‘zbekiston otm maktab kollej litsey
O‘n birinchi yanvardan bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanadi
13:46 10.01.2023 (yangilandi: 13:53 10.01.2023) 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum
qildi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘quv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.
“Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir ta’lim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq bo‘lishi kutilayotgan 10–18 yanvar kunlarida barcha ta’lim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, mas’ullarni asosiy faoliyatidan chalg‘ituvchi boshqa yig‘ilishlar o‘tkazish ta’qiqlanadi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, ta’lim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi ta’minlanadi.
Ta’lim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-o‘quvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini ta’minlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladi. O‘quv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari to‘la inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Qayd etilishicha, o‘quv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tug‘ilganda o‘quv grafigiga o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishlari tavsiya etiladi.
20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Shuningdek, ob-havo sharoitlari tufayli o‘qishga kelolmagan talabalarga o‘quv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar
uzaytirilgandi.