Haj uchun yosh va koronavirus cheklovlari olib tashlandi

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Mirziyoyev Umra ziyoratini ado etdi
Mirziyoyev Umra ziyoratini ado etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabianing so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni bu yil Hajni amalga oshirishga ruxsat berilgan ziyoratchilar soniga cheklov qo‘ymaydi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Saudiya Arabistoni 2023-yilgi haj ziyorati uchun yosh va koronavirus cheklovlarini olib tashlamoqda. Bu haqda Podshohlik Haj va umra vazirligi ma’lum qildi.
Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabianing so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni bu yil Hajni amalga oshirishga ruxsat berilgan ziyoratchilar soniga cheklov qo‘ymaydi.

“Ziyoratchilar soni hech qanday yosh chegarasisiz pandemiyadan oldingi holatga qaytadi”, - deydi vazir.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishidan oldin Podshohlikda taxminan 2,5 million kishi haj ziyoratini amalga oshirgan. Biroq, virusining tarqalishini cheklash uchun cheklovlar kiritilganligi sababli ruxsat etilgan tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada kamaydi.
Cheklovlar tashrif buyuruvchilarning yoshi 18 dan 65 gacha bo‘lishi, virusga qarshi emlangan bo‘lishi va manfiy koronavirus natijasini taqdim etishini nazarda tutgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni bilan haj mavsumini o‘tkazish masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasi 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirilgan.
Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan haj mavsumini o‘tkazish masalasini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0