Baydenga aloqador tahlil markazidan maxfiy hujjatlar topildi – CBS

© AFP 2023 / Bay Ismoyo/PoolPrezident SShA Djo Bayden na sammite G20 v Indonezii
Prezident SShA Djo Bayden na sammite G20 v Indonezii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Maxfiy hujjatlar qanday qilib Bayden nomidagi Diplomatiya va global hamkorlik tahlil markaziga borib qolgani tekshirilmoqda.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlar unga aloqador Vashingtondagi tahlil markazidan topildi.
CBS News telekanalining xabar qilishicha, AQSh Adliya vazirligi bu hujjatlar qanday qilib u yerga tushib qolganini tekshirmoqda.
Telekanal manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda Pensilvaniya universiteti ko‘magida ochilgan Bayden nomidagi diplomatiya va global hamkorlik markazida (Penn Biden Center for Diplomacy and Global Engagement) 10 taga yaqin maxfiy hujjatlar topilgan. Bayden 2017-yildan 2020-yilgacha AQSh vitse-prezidenti lavozimini tark etganidan keyin ushbu ofis binolaridan foydalangan.
Oq uyning tasdiqlashicha, hujjatlarni Bayden advokatlari 2022-yil 2-noyabrda AQSh Kongressiga oraliq saylovlar oldidan topib olishgan. Hujjatlar yashirin ma’lumotni o‘z ichiga olmagan boshqa qog‘ozlar bilan birga saqlangan. Ularning maxfiylik darajasiga aniqlik kiritilmagan.
Shundan keyin bu haqda AQSh milliy arxiviga xabar berilgan. Telekanalning yozishicha, Baydenning advokatlari hujjatlarni topshirishni o‘zlari taklif qilishgan.
Bayden 2009-yildan 2017-yilgacha Barak Obama prezidentligi davrida AQSh vitse-prezidenti lavozimida ishlagan.
Kevin Makkarti posle privedeniya k prisage v kachestve spikera palati predstaviteley SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Ukraina AQShdan noxush xabar oldi
Yangiliklar lentasi
0