Xitoyda karantin cheklovlari yumshatilganidan so‘ng jahonda neft narxi ko‘tarila boshladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanaya kachalka, illyustrativnoe foto
Neftanaya kachalka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy xorijlik sayyohlar uchun so‘nggi 3-yil amalda bo‘lgan karantinni bekor qildi. Bu esa neft bozorida narxlarning o‘sishiga olib kelmoqda.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Xitoyda koronavirusga qarshi choralar yumshatilgandan so‘ng jahonda neft narxi ko‘tarila boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun Moskva vaqti bilan soat 7:51 holatiga ko‘ra, Brent markali neftning mart fucherslari narxi 1,27 foizga oshib, bir barrel uchun 79,57 dollarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, WTI fevral fucherslari 1,38 foizga o‘sdi va 74,79 dollarni qayd etdi.
Xitoy hukumati o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash choralarini bosqichma-bosqich yumshata boshlagan edi. Kecha Xitoy xorijlik sayyohlar uchun so‘nggi 3-yil amalda bo‘lgan karantinni bekor qildi.
Unga ko‘ra, mamlakatga parvoz qilishdan 48 soat oldin COVID-19 uchun PZR testini topshirish va salomatlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirishda test natijalarini ma’lum qilish yetarli bo‘ladi.
Test natijasi manfiy chiqqanlar Xitoy diplomatik vakolatxonalaridan “sog‘liqni saqlash kodi”ni so‘rashi shart emas, musbat natija berganlarga esa, tuzalib ketgunga qadar sayohatlarini kechiktirish tavsiya etiladi.
Buning ortidan neft bozorida narxlar 1% dan ortiq oshgani kuzatilmoqda, chunki yoqilg‘iga talabning oshishiga umidlar qayta tiklangan.
Yangiliklar lentasi
0