Toshkent shahri anomal sovuq kunlarga qanday tayyorlanmoqda?

© Toshkent shahar hokimligiToshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
Mamlakatda 9-18 yanvar kunlari kutilayotgan anomal sovuqda o‘z faoliyatini olib boruvchi obodonlashtirish boshqarmasi va shifoxonalar qo‘shimcha vositalar bilan ta’minlanmoqda.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Toshkentdagi shifoxonalarga dizel generatorlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, anomal sovuq kunlari shifoxonalarining elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi uchun ularga dizel generatorlari shahar hokimligi mas’ullari hamkorligida o‘rnatilmoqda. Dizel generatorlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi xarid qilgan.
© Toshkent shahar hokimligiToshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2023
Toshkent shahar hokimligi
Toshkentdagi obodonlashtirish xodimlari ham anamal sovuq kunlari uzluksiz ishlashga tayyorlanmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlariga sovuq ob-havo kunlari o‘z faoliyatlarini davom ettirishlari uchun 7 ming dona qo‘lqop va 3 ming dona termos idishlari tarqatildi.
Sovuq kunlari ko‘chalarda o‘z faoliyatini olib boruvchi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlari issiq choy va yegulik bilan ta’minlanadi.
Avvalroq poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev keskin sovuq ob-havoning kirib kelishi munosabati bilan har qanday talofatlarning oldini olish bo‘yicha mutassaddilarga tegishli topshiriq bergani xabar qilingan edi. Jumladan, anomal sovuq kunlari har qanday majlis va tadbirlarni o‘tkazish taqiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0