O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan haj mavsumini o‘tkazish masalasini muhokama qildi

© Musulmonlar idorasiSaudiya Arabistoni
Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Tashrif doirasida Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia bilan uchrashdi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Jidda shahrida bo‘lib o‘tayotgan Haj va umra xizmatlari xalqaro ko‘rgazmasi va anjumanida ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda 2023-yilgi haj mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
© Musulmonlar idorasiSaudiya Arabistoni
Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Saudiya Arabistoni
Muloqot davomida O‘zbekiston tomoni mazkur tashrif natijasida hamkorlik munosabatlarini yanada takomillashtirish asosiy maqsad ekanligi ma’lum qilindi.
Vazir Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun O‘zbekistonga safar qilishda vizasiz tizim joriy etilgani va ushbu imkoniyatlarni Saudiya Arabistonida keng targ‘ib etish yaxshi natija berishini bildirdi.
Avvalroq O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0