Germaniyada Putinning yangi quroli G‘arb uchun yomon tushligi aytildi

Obuna bo‘lish
G‘arb harbiy strateglari uchun gipertovushli raketalar yomon tushdek, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiyaning “Sirkon” gipertovushli raketalari G‘arb harbiy ekspertlarida qo‘rquv uyg‘otadi, deb yozadi Yan-Frederik Vendt “Frankfurter Rundschau” nashri uchun maqolasida.
“G‘arb harbiy strateglari uchun gipertovushli raketalar yomon tushdek. Boshqa raketa tizimlaridan farqli o‘laroq, snaradlar uchirilganidan keyin ham nazorat qilinishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Muallifning qayd etishicha, ekspertlar qurollanish poygasi qayta boshlanishidan qo‘rqadi.
Ma’lumot uchun, 2017-yilda Rossiya o‘z arsenaliga gipertovushli qurollarni qo‘shgan birinchi davlat bo‘ldi. Hozir Xitoy va AQSh xuddi shunday qurol tizimlari ustida ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0